Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATLARNI TAN OLISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH HAQIDA


1992-2022-yillar oralig‘ida mamlakatimizning bir qancha yoshlari chet ellardagi o‘quv yurtlarida o‘qib o‘rta maxsus ma’lumotli, oliy ma’lumotli diplom olib keldilar. Lekin chet elda olingan diplomlarni O‘zbekiston mamlakati tan olgandan keyingina diplom bilan davlat ishlarida ishlash mumkin bo‘ladi. Bu haqida   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 24 iyul kuni “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-sonli qarori chiqdi. Bu qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan:
xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi;
Bunda 2022 yil 1 yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo‘yilgan bo‘lishi talab etiladi.
Ushbu Nizom xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi.
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat - xorijiy davlatlarning milliy qonunchiligi asosida berilgan ta’lim olganlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish - xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat egasiga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim olish va (yoki) kasbiy faoliyat yuritish uchun ruxsat berish maqsadida vakolatli davlat organlari tomonidan xorijiy davlatlarda olingan ta’lim malakasini rasman tasdiqlash.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatli davlat organlariga xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqida murojaat etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, ular voyaga yetmagan bo‘lsa ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda talabgorlar deb ataladi) murojaatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan;
o‘rta maxsus, kasb-hunar (professional), oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amlga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun quyidagi miqdorda yig‘im undiriladi:
o‘rta maxsus va kasb-hunar (professional) ta’limi bo‘yicha - bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari;
oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi bo‘yicha - bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari;
Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Nukus shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti  A.Seytnazarov