Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Diqqat e’lon!


Qoraqalpog’iston Respublikasi yuridik texnikumi bitiruvchilarining Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga test sinovlarisiz yakka tartibda suhbat o'tkazish orqali bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo'yicha o'qishga qabul qilish uchun maxsus komissiyaga ariza bilan murojaat qilgan o'quvchilar diqqatiga!!!

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2022-yil 3-iyun ro‘yxat raqami 3370)ga asosan maxsus komissiya majlisi joriy yilning 29-iyun kuni soat 15:00 da Qoraqalpog’iston Respublikasi adliya vazirligi binosining kichik majlislar zalida bo'lib o'tadi.

Maxsus komissiya majlisida bitiruvchilarni yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatini, shuningdek ma'naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash uchun suhbat bo'lib o'tadi.

Shuningdek, komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar bo'yicha qo'shimcha savollar berilishi mumkin.