Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Aholiga imtiyozli kreditlar berish tartibi


2021-yil 20-dekabr kuni “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezidentning PQ-55-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan 2022-yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining  resurslari tijorat banklariga yillik 10% stavkada joylashtiriladi;
imtiyozli kreditlar yillik 14% stavkada:
a) oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga – 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
b) chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun - 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
v) bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;
g) “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;
kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o‘rinlarda – hokim yordamchisi) o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;
chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;
etakchi tadbirkorlik sub’ektlariga dehqon xo‘jaliklari er maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida etishtirish va etishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
2022-yil 1-martdan kreditlar to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.
Bunda:
kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi va onlayn rejimda ko‘rib chiqiladi;
kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;
aholiga o‘zini o‘zi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;
ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish “marketpleys” tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Kreditlar ustuvor ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi.

Xo‘jayli tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Tajibayev