Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

2022-yil yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo'lga qo'yiladi


2022-yil yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo'lga qo'yiladi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabr kungi “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–5254-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko'ra, 2022-2023-yillar davomida kaminvaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari ko'lamini oshirish, shu jumladan, tuman (shahar)larda ko'rsatiladigan amaliyotlar turini 60 tadan 79 taga, hududlarda esa 130 tadan 168 taga oshirish, V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak va o'pka transplantatsiyasi joriy etilishi belgilandi.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan 2022-yil yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Shu bilan birga, Sog'liqni saqlash vazirligining Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo'llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg'armasi va mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarining xorijiy tillarni yaxshi biladigan xodimlarining
2021-2022-yillarda xirurgiya sohasi uchun dolzarb yo'nalishlar bo'yicha nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka o'tash uchun yuborish, shuningdek, markaz faoliyatiga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish choralari ko'riladi.

N.Abduraxmanova,
To'rtko'l tuman Adliya bo'limi
Yuridik xizmat ko'rsatish
Markaz bosh yuriskonsulti