Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

SUD EKSPERTIZASI SOHASIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR


SUD EKSPERTIZASI SOHASIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR


O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlikni saqlashga qaratilgan. Jamiyatimizda olib borilayatgan islohotlar mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri bu qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Ma’lumki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar mamlakatning chinakam rivoji, aholi turmush darajasining yuksalib borishi, aholi yalpi daromadlarining o‘sishi, aholining mulkka ega bo‘lishi, davlat boshqaruvida fuqarolarning faolligi, aholi huquqiy ongi va madaniyatining yuksalishi, davlat organlarining samarali faoliyati hamda bevosita ularning faoliyatida jamoatchilik nazorati kabi ko‘plab ijobiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biri jamiyatda qonun ustinligini ta’minlashdir.
Qayd etilgan ustuvor vazifani bajarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudning asosiy funktsiyasini tashkil qiladi. Fan texnika yutuqlarini huquqni muhofaza qilish organlari va sud faoliyatiga keng tatbiq etish ishlarning yuritilish sifatini oshiradi.
Shu ma’noda, ekspertiza bugungi kunda surishtiruv, dastlabki tergov va sud jarayonida yetakchi urinlardan birini egallamoqda, shuningdek davlatimiz tomonidan sud ekspertizasi va sud ekspertlari faoliyatiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birgalikda sud ekspertizasi sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda.
Xususan O‘zbekiston respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256 sonli Farmonida sud ekspertizasi sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga ishning sifatini oshirish va muddatlarni qisqartirish va boshqalarni nazarda tutuvchi bir qator yaratiladigan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan.
Unga ko‘ra 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab:• davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berilishi. Bunda, tadqiqot natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri taqdim etiladi;
• iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat beriladi;
• huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy bo‘linmalari ehtiyojlarini ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulayliklar, imkoniyatlar yaratish maqsadida
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy bo‘limlarida ekspertiza tadqiqotlarining qo‘shimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Samarqand, Farg‘ona, Termiz, Xorazm viloyatlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish belgilangan.

A.Qoyshibaeva,
X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Qoraqalpog‘iston Respublikasi
bo‘limi ish yurituvchi-kotibasi