Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilikdagi yangiliklar


Joriy yilning 1-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 297-son “IT-PARK UNIVERSITY” rаqаmli universitetini tаshkil etish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidаgi qarori bilan O’zbekistonda masofaviy ta’limga asoslangan IT-ta’limni o’qitishga mo’ljallangan raqamli universitet tashkil qilishning asosiy faoliyat, yo’nalishlari belgilab berildi.
Qarorga ko’ra raqamli universitetning tashkil qilish tashabbuskorlari sifatida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktsiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan “Epam Systems” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi oʼrtasida “IT-Park University” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish boʼyicha 2022 yil 21 yanvarda shartnoma imzolanishi orqali amalga oshirilayotgani anglashildi. Shuningdek, mazkur shartnomada “Epam Systems” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonaning huquq va majburiyatlarini “ERАM Global Campus” LLC (АQSh)ga oʼtkazish boʼyicha 2022-yil 30-aprelda Direktsiya, “Epam Systems” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona va “ERАM Global Campus” LLC (АQSh) oʼrtasida qoʼshimcha kelishuv imzolanib, unga ko’ra “IT-Park University” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2 mln АQSh dollariga teng boʼlgan miqdordagi ustav kapitalini shakllantirish, bunda ustav kapitalning 70 foiz ulushida “ERАM Global Campus” LLC (АQSh), 30 foiz ulushida esa Direktsiya ishtirok etishi boʼyicha kelishib olinganligini ta’kidlashimiz joyiz.
Mazkur qaror bilan masofaviy ta’limga asoslangan IT-ta’limni o’qitishga mo’ljallangan raqamli universitet ya’ni “IT-PARK UNIVERSITY” Toshkent shahar, Maxtumquli koʼchasi 1 А-uy manzilda joylashtirilishi belgilab qo’yildi.
Ushbu qarorning 3-bandida tashkil etiladigan universitetning asosiy faoliyat yo’nalishlari qilib quyidagilar belgilandi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari boʼyicha oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Universitet oʼquv jarayonini ilgʼor xorijiy tajriba va zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʼmaklashish;
oʼquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi va boshqa korxonalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari isteʼmolchilari bilan hamkorlik qilish;
taʼlimning tegishli yoʼnalishlari va mutaxassisliklari boʼyicha oʼquv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.
Bundan tashqari qarorning 4-bandida quyidagilar belgilab berildi:
Universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi axborot texnologiyalari sohalari boʼyicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Universitetda taʼlim faoliyati 2022/2023 oʼquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni oʼqitish toʼlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Universitetda taʼlim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi;
Universitetda oʼqitish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʼidan foydalangan holda masofaviy taʼlim shaklida olib boriladi, shuningdek, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonunga muvofiq boshqa taʼlim shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin;
Universitet bitiruvchilariga Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʼgʼrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet tomonidan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Universitet bosh direktori, rektor va prorektorlari Universitet Ustavida belgilangan tartibda tayinlanadi;
Universitetga taʼlim faoliyati bilan shugʼullanish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan litsenziya berilgandan soʼng ruxsat etiladi.
Mazkur qarorning 5-bandi orqali tashkil qilinadigan universitetga quyidagi huquqlar berildi:
bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlarini hamda talabalarni oʼqitish uchun toʼlov-kontrakt summasini belgilash;
taʼlim tili hamda bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun oʼqish davomiyligi muddatlarini belgilash;
Universitetga talabalarni qabul qilish va ularni yakuniy attestatsiyadan oʼtkazish tartibini belgilash;
talabalar oʼqishini boshqa oliy taʼlim tashkilotlaridan Universitetga koʼchirish tartibini belgilash;
axborot texnologiyalari sohasida kadrlarga boʼlgan ehtiyojdan kelib chiqib, taʼlimning yangi taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklarni belgilangan tartibda ochish;
yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʼshma taʼlim dasturlarini joriy etish;
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash.
Xulosa qilib, aytadigan bo’lsak mazkur universitet taʼlim faoliyati bilan shugʼullanish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan litsenziya berilgandan soʼng ruxsat etilishi ushbu qaror bilan mustahkamlab qo’yildi.

Amudaryo tumani adliya bo’limi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti 3-darajali yurist  A.Z.Tojiboyev