Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Shanhay Hamkorlik Tashkiloti


Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT)-Mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hisoblanib, 15-iyun 2001-yilda Xitoyning Shanhay shaxrida 6 mamlakat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan. ShHTning vujudga kelish tarixi “Shanhay beshligi” deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, dastlab Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari ya’ni “Shanhay beshligi” uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda 1996-yilda chegaradosh mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash va 1997-yilda qo‘shma chegarada qurolli kuchlar va qurol yarog‘larni qisqartirish to‘g‘risida 2 ta bitim imzolangan edi.
1998-yildan “beshlik” mamlakatlarining o‘zaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi – Xitoy chegarasi bo‘ylab harbiy siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash choralariga o‘tishga qaratildi.
2000-yil ShHTning Dushanbe sammitida O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda “beshlik” negizida ko‘p tarmoqli tashkilot tuzish to‘g‘risida taklif ilgari surildi. ShHT ta’sischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi.
Shanhay sammitida 2001-yil iyunda yanggi tashkilotning maqsad va prinsiplarini e’lon qilgan Deklaraciya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning 2002-yil iyun Sankt-Peterburgda bo‘lgan 2-sammitida ustav hujjati – ShHT Xartiyasiga imzo chekildi. ShHTning oliy dargohi Davlat boshliqlari kenggashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtruvchilar kengashi va Pekin shahridagi doimiy ishlovchi Kotibiyat hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasidan iborat.
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kenggashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiya, ShHTning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning orgonlari faoliyatiga doir hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasining Tashkilotga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yanggi tahdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini o‘tkazib turish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. ShHT a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom-ashyo zahiralarini o‘zlashtirish, suv energetika zahiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.

Amudaryo tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i:      N.Jumaniyazova