Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qonunchilikdagi yangiliklar


Joriy yilning 30-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Nukus, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay tumanlarida mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash vadaromadini oshirish hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-264-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “2022-2024-yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar dasturi” qabul qilindi. Dastur bilan Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik muhitni yaxshilash sohasida quyidagilar nazarda tutilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida 92 495 gektar           (62 ming gektar qayta foydalanishga kiritiladigan yerlar, 30 ming gektar ekin ekib kelinayotgan, biroq irrigatsiya melioratsiya tadbirlari talab etiladigan ekin yerlari) yer maydonlarini qaytafoy dalanishga kiritish. Shundan, 2022-yilda 24 078 gektar, 2023-yilda 37 016 gektar, 2024-yilda 31 400 gektar. Bunga 37 372 gektar yermaydonda capital yer tekislash, 1 893 km ariqlarni va 986 km zovurlarni tozalash;
151 km yangi ariqlar va 140 km yangi zovurlar qazish hamda 624 km ariqlarni betonlash, 1 090 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda 3 185 dona gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash va tiklash, 114 dona yangi nasoslar o’rnatish va 135 km elektr liniyalarini tortish, 21 dona sug’orish uchun yerosti tik quduqlarini qazish va 90 842 gektar ekinmaydonida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali erishish ko’zlanmoqda;
Qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilgan 92 495 gektar yer maydonlarining tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan ta’minlanganligi, tashqi va ichki bozor talablarini hisobga olgan holda ushbu maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yerdan foydalanuvchilar tomonidan mustaqil joylashtirilishini tashkil etish. Bunga, qishloq xo’jaligi yerlarini foydalanishga kiritgan yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo’jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish bo’yicha takliflarni umumlashtirish orqali erishish nazarda tutilgan;
Shimoliy tumanlarda 4534 gektar maydonda yangi mevali bog‘lar va 3355 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo etish. Shundan, 2022-yilda 848 gektar yangi mevalibog‘ va 1611 gektar yangi uzumzor, 2023-yilda 1617 gektar yangi mevali bog‘ va 1101 gektar yangi uzumzor, 2024-yilda 2069 gektar yangi mevali bog‘ va 643 gektar yangi uzumzor. Bunga yangi mevalibog’lar va uzumzorlar barpo etish uchun talab etiladigan mablag’lar manbalarini aniqlash va moliyalashtirish ishlarini amalga oshirish, mevali bog’lar va uzumzorlar barpo etish uchun subsidiyalar ajratish, ko’chatlarni o’tqazish va suvtejovchi texnologiyalarni joriy etishishlarini amalga oshirish orqali erishish belgilangan.

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti:                               B.O‘rinbayev