Янгиликлар
25
Hozirgi vaqtda avtotransport vositasida kamarni kimlarga taqishi majburligi haqida kelib tushgan savolga javob.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining12.04.2022 yildagi 172-sonli qarori bilan tasdqilangan Yo'l harakati qoidalarining 9-bandiga muvofiq, konstruktsiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o'rindig'idagi yo'lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shartligi belgilangan. Demak avtomobilning orqa o'rindig'idagi yo'lovchilarga xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart emas.
Shuningdek, quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan, ya'ni:
- avtomobilning orqa o'rindig'idagi 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq);
- o'quv-mashq transport vositasini o'quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o'rgatuvchi amaliy mashg'ulotlar instruktori;
- homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro'yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo'yicha tibbiy ma'lumotnoma mavjud bo'lganda);
- xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo'yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo'lovchilari.
Intellektual mulk huquqlarin himoya qilish bo'limi