Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

bir murojaat izidan


Beruniy tumani adliya bo`limiga fuqaro S.S murojaat qilib, tuman Tibbiyot birlashmasida mehnat shartnomasi asosida to`liq 1 stavka bilan ishga qabul qilinganligi, oxirgi oylarda oylik ish haqi kamayib ketganligidan noroziligini bildirgan. Murojaatni o`rganish davomida xodim bilan 2018-yil 26-mayda mehnat shartnomasi imzolanganligi va shu kuni Birlashma boshlig`ining buyrug`i bilan xodim S.S Birlashmaning Qabulxona bo`limiga navbatchi hamshira lavozimiga ishga qabul qilinganligi hamda xodimning ish hajmi (stavkasi) oyiga 24 kunlik ish oylarida 144 soatni tashkill qilishi kerak bo`lsa-da, 2021-yilning noyabr-dekabr oylarida oyiga 72 soatni tashkil qilganligi aniqlandi.
    O`zbekiston Resppublikasi Mehnat kodeksining 88-moddasiga ko`ra, Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi, ish vaqtining, ta’tilning muddati va boshqa shartlar kiradi” deb belgilab qo`yilgan.
    Shuningdek, mazkur kodeksining 88-moddasi 5-qismiga ko`ra, Mehnat shartlarini o`zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo`lsa, shunday tartibda amalga oshirilish kerakligi belgilangan.
    Lekin, Birlashma tomonidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartlari (ish vaqti) xodimning roziligisiz, ya’ni o`zaro kelishuvsiz o`zgartirilib, Mehnat kodeksining ushbu talablari buzilishiga yo`l qo`yilgan. Yuqoridagilarga asosan, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga ijrosi majburiy tusga ega Taqdimnoma kiritilib natijasida, xodim S.Sning ish stavkasi tiklandi hamda tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markaziga berilgan taklifga ko`ra, tuman tibbiyot birlashmasining mansabdor shaxslariga ma’muriy javobgarlik belgilandi.  

Beruniy tumani adliya bo`limi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish
bo`linmasi bosh maslahatchisi
Sh.Ismailov