Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma'lumotlar majburiy tartibda e'lon qilib boriladi


Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma'lumotlar majburiy tartibda e'lon qilib boriladi

Joriy yil 22-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 208-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo'yicha ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas'ul davlat organlariga kiritish;
NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko'rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;
NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo'yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko'rib chiqish natijalarini e'lon qilish.
2023-yil 1-yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:
- ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
- loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e'lonlar;
- kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag'larning sarflanish holati.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Nodavlat notijorat tashkilotlari
bo'limi boshlig'i A.Bekjanov