Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya aralashuvi bilan xodimga xizmat safari puli to`lab berildi


Adliya aralashuvi bilan xodimga xizmat safari puli to`lab berildi

Beruniy tumani adliya bo`limiga fuqaro R.B. murojaat qilib, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan xizmat safari puli to`lanmayotganligidan noroziligini bildirgan. Murojaatni o`rganich davomida fuqaro R.B. birlashma boshlig`ining tegishli buyrug`iga asosan, 2022-yil 01-28-fevral kunlarida Nukus shahriga xizmat safariga yuborilgan hamda xodim R.B. tomonidan birlashmaga uning 01-28-fevral kunlarida ya`ni 26 kun davomida xizmat safarida bo`lganligi bo`yicha xizmat safari guvohnomasi, yo`l kira miqdori va yotoqxona uchun to`langan to`lovni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilib, unga asosan birlashma hisobchisi tomonidan jami 964.000 so`m xizmat safari puli hisoblanganligi, lekin o`rganish kuniga qadar to`lab berilmaganligi aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasida xizmat safarida va ko`chib yurish bilan bog`liq ishlarda yo`l kira xarajatlari, doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog`liq xarajatlar, xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar to`lanishi lozimligi belgilangan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari to`g`risidagi Yo`riqnoma (ro`yxat raqami 1268, 29.08.2003-y.) ning 9-bandiga asosan, xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borish va ish joyiga qaytish xarajatlari qoplanadi, shuningdek kundalik xarajatlar to`lanadi.
Yo`riqnomaning 15-bandida xizmat safariga yuboriladigan xodimga xizmat safariga ketishdan oldin mazkur Yo`riqnomani 10-12-bandlarida ko`zda tutilgan miqdorlarda kundalik, yo`l xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko`rinishidagi avans (bo`nak) to`lanadi, deb belgilangan. Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e`tiboran uch ish kuni mobaynida avans (bo`nak) hisobotini taqdim qilishi shart. Ushbu hisobotga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat safari guvohnomasi va xizmat safarida haqiqatda qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo`limi tomonidan Beruniy tumani tibbiyot birlashmasiga taqdimnomna kiritilishi natijasida fuqaro R.B.ga 964.000 so`m xizmat safari puli to`lab berildi hamda tuman Aholi bandligiga ko`maklashish markaziga berilgan taklifga ko`ra, bosh hisobchi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.

S.Raimbekova,
Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i.