Янгиликлар
27
Davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar
Davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar
2022-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni qabul qilindi, va unga ko‘ra:
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi;
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi;
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi hamda uning ishchi guruhi tarkiblari tasdiqlandi.
Tarraqiyot strategiyasi besh bosqichda amalga oshiriladi, shuningdek, ularning har biri aniq maqsadlarni o‘z ichiga olgan. Maqsadlarning biri etib Mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash ko‘rsatilgan.
Hozirda, maqsadlarni amalga oshirishda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yangi institut sifatida mahallalarda tuman (shahar) hokimi yordamchilari joriy qilingan bo‘lib, bundan tashqari yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Shu bilan bir qatorda, hokimi yordamchilari ishsiz aholi bandligini ta’minlash va ularning doimiy daromad manbai yaratishga ko‘maklashish maqsadida mahallalarda hokim o‘rinbosarlari faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda ustuvor faoliyat olib bormoqda.
Hokimi yordamchilari respublika vakillari bilan birgalikda mahallalarni 2022-yilda rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini doimiy nazorat qilib boradi hamda hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari bilan birgalikda hokimlarga doimiy ravishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etadi.
Joriy yilda respublika vakillari va hokim yordamchilari uchun o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlar, 2022 yil davomida har chorakda o‘zaro tajriba almashish kurslari tashkil etiladi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limlariga, iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida qabul qilish amaliyoti joriy etilmoqda, bunda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra hamda suhbat asosida qabul qilinadi.
Nukus shahar Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Auesbaeva