Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Iste’molchilarning huquqlari. Tovar uchun chek berish hamda tovar haqqida ma’lumotlar berish tartibi


O'zbeksiton Respublikasining 26-aprel 1996-yildagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi 221-I-son Qonunda, Iste’molchi- bu mahsulot, ish yoki xizmatni shaxsiy iste’mol yoki foyda olish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa maqsadlarda sotib oladigan yoki buyurtma qiladigan fuqaro deb belgilangan.Shuni ta’kidlash lozimki, iste’molchilarning asosiy huquqlari:
➖ tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to'g'ri va to'liq ma'lumot olish;
➖ tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo'lishi;
➖ tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo'lishi;
➖ hayoti, sog'lig'i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo'lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g'ayri qonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli etkazilgan moddiy ziyon, ma'naviy zararning to'liq hajmda qoplanishi;
➖ buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so'rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
➖ iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.
Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko'rsatishning boshqa turlari bo'yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin.Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir.Da'volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar etkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Iste’molchilar o'z huquqlarining buzilishi bilan bog'liq da'volar bo'yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko'zlab qo'zg'atiladigan da'volar bo'yicha davlat boji to'lashdan ozod qilinadilar.
Qonun bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizaсiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi mumkin.
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
➖ tovarning (ishning, xizmatning) nomi;
➖ tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart bo‘lgan normativ hujjatning nomi;
➖ tovar (ish, xizmat)ning asosiy iste’mol xususiyatlari, shu jumladan, o‘ziga xos xususiyatlari ro‘yxati;
➖  narxi (tarifi) va sotib olish shartlari;
➖ ayrim turdagi tovarlarning ishlab chiqarilgan sanasi;
➖  ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari;
➖ tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari;
➖ tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin iste’molchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
➖ ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) to‘liq nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan eri (yuridik manzili);
➖  tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi;
➖ ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste’molchidan da’vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta’mirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning manzillari;
➖  tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizaсiya qilish usullari hamda qoidalari va teatr-konsert tadbirlari o‘tkazilayotganda fonogrammadan foydalanish to‘g‘risidagi axborot.
Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Texnik jihatdan tartibga solinishi majburiy bo‘lgan tovar bo‘yicha iste’molchiga uning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.Tovar (ish, xizmat) haqidagi zarur axborotning yo‘qligi bunday tovar (ish, xizmat)ni realizaсiya qilish ma’lumot berilgunga qadar tegishli davlat boshqaruvi organining ko‘rsatmasi bo‘yicha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.


Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning
faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
katta maslahatchisi                                                                     A.Abdikadirova