Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Konstituciya-baxtimiz asosi


Koʻhna zaminimiz odamlari koʻnglida ustuvor boʻlgan adolat, haqiqat, iymon, oliyjanoblik, bagʻrikenglik, mardlik, tantilik kabi ulugʻ xislatlar Konstituciyamizdan munosib oʻrin olgan.U umuminsoniy gʻoyalar – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo doʻstlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulugʻ gʻoyalarga xizmat qiladi.Uzoq asrlar davomida bashariyat ming-minglab qoidalar va nizomlardan jamiyat uchun asosiylarini va oʻta muhimlarini tanlab oldi. Aynan ana shu tanlab olingan qoidalar Konstitutsiyamiz yaratilishiga poydevor boʻldi. Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir odam ularsiz yashay olmaydi, negaki insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati koʻpincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bogʻliqdir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻz oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qoʻydi.Bosh qomusimiz muqaddimasida inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqlik tantanali ravishda e’lon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyat anglangan holda, oʻzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon etilib, xalqaro huquqning umume’tirof qilingan qoidalari ustunligi tan olingan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish koʻzlanib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Qolaversa, Konstituciya davlatimiz mustaqilligining ramzi boʻlib, unda oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻlimiz aks etadi. U xalq xohish-irodasini ifoda etuvchi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati va erkin hayot qurish hamda uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Konstituciya davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini ham belgilab beradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstituciyasi xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasidir. Asosiy qonunimiz eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan boʻlib, inson huquqlari va davlat suvereniteti gʻoyalarini, oʻzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasini, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini oʻzida mujassam etgan.
Shu maqsadlarni koʻzlab qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstituciyasi bugungi kunda mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati boʻlib kelmoqda. Bugungi tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati, jamiyatimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlgan Bosh qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganiga 29-yil toʻldi.Oʻtgan davr mobaynida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishda Asosiy qonunimiz muhim huquqiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstituciyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan, Konstituciya va qonun ustun boʻlgan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda. Ana shunday konstitutsiyaviy poydevorga asoslangan ushbu tizim dunyo shiddat bilan oʻzgarib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda turli tahdid va sinovlar, jumladan, global pandemiya sharoitida ham oʻzini toʻla oqladi.Konstituciyamiz mohiyatiga chuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini ta’minlash boʻyicha mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, roʻy berayotgan barcha oʻzgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstituciyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizda davlatni jamiyatga, xalqqa xizmat qiluvchi institutga aylantirish, uning faoliyatini qonunlarga tayanib qurishga qattiq kirishilgan, desak xato boʻlmaydi. Zero,har qanday me’yoriy-huquqiy hujjat — qonun, farmon, qaror yoki boshqa boʻladimi avvalambor Konstituciyaga asoslanadi. Boshqacha aytganda, Konstituciya – davlatning asosiy qonuni boʻlib, fuqaro, jamiyat va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimidir.
Prezidentimizning “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida Konstituciyamizga tayangan holda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibot, davlatimiz chegaralari daxlsizligi, jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor boʻldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy yoʻnalish va vazifalar esa Konstituciyada bayon etilgan demokratiya va insonparvarlik, xalqchillikka sugʻorilgan me’yorlarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan boʻlib, Bosh qomusimizda tajassum topgan ezgu gʻoyalarni roʻyobga chiqarishning oʻziga xos mexanizmidir.
Har ikki hujjatning zamirida demokratik qadriyatlarning ustuvorligi, inson huquqlarini ta’minlash oliy qadriyat sanalishi, hokimiyatning manbai esa faqatgina xalq ekanligi kabi qoidalar turibdi. Konstituciyada ana shu tamoyillar konseptual jihatdan belgilangan boʻlsa, Harakatlar strategiyasida konseptual normalar ijrosini ta’minlashning izchil mexanizmi koʻrsatilgan. Ushbu mexanizmlar esa, farmonda aytilganidek, har yilgi davlat dasturlari asosida takomillashib boraveradi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli koʻrilmagan e’tibor qaratilmoqda. Ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning, ayniqsa, qizlarimizning iste’dod va qobiliyatini roʻyobga chiqarish borasida ham koʻp ishlar qilinmoqda.Bularning barchasi yurtimizda Uchinchi Renessans – milliy taraqqiyotimizning yangi davri poydevorini yaratishga xizmat qiladi.Yana bir muhim konstituciyaviy tamoyil – inson huquq va manfaatlarini ta’minlash boʻyicha barcha sohalarda, ayniqsa, sud-huquq tizimida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda.Mamlakatimizda Inson huquqlari boʻyicha Milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda”.
Shuningdek, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan izchil siyosat jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda.Bu haqda soʻz yuritganda, shu yil sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan bir qator global va mintaqaviy tashabbuslar, aniq amaliy takliflar xalqaro miqyosda keng qoʻllab-quvvatlanganini ta’kidlash oʻrinlidir.Oktabr oyida esa mamlakatimiz milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri boʻlgan Inson huquqlari kengashiga a’zo etib saylandi.Mamlakatimizda investiciya va biznes muhiti yaxshilanayotgani, turizm va eksport salohiyati yuksalib borayotgani, Xalqaro mehnat tashkilotining standart va qoidalari hayotga faol tatbiq etilayotgani tufayli Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrni yil sayin yuksalmoqda. Pandemiya va global iqtisodiy inqiroz sababli yuzaga kelgan turli toʻsiq va muammolarga qaramasdan, tashqi aloqalarimiz toʻxtab qolmadi. Qoʻshni va hamkor davlatlar bilan siyosiy va savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalardagi aloqalar uzluksiz davom etmoqda..”.
Prezidentimiz ma’ruzalarida keyingi yillarda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda oldimizda turgan ustuvor vazifalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Konstituciya va qonunlarimizni yanada takomillashtirish, taraqqiyot kushandasi boʻlgan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikni mustahkamlash, muhtaram nuroniylarimiz, hurmatli xotin-qizlarimiz, aziz yoshlarimizning hayotiy manfaatlarini ta’minlash, xonadon va mahallalarimizda, yagona va ahil oila boʻlib yashayotgan koʻpmillatli yurtimizda tinchlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda soʻz va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga qaratilgan ishlarimizning ta’sirchanligini yanada oshirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.

Ellikqal’a tumani
Yuridik xizmat koʻrsatish boshlig’i                                              A.Kadirov