Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

YER MUNOSABATLARIGA OID YANGI QONUNCHILIK YANGILIKLARI


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 14-fevralda 71-sonli qaror qabul qilindi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari oʻzlariga tegishli boʻlgan doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosidagi yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir ma’muriy reglament belgilandi. Shuningdek, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-aukсion orqali realizaсiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom  va yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-aukсion orqali realizaсiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Endilikda yangi qoidalarga koʻra xususiylashtirilgan yer uchastkalari banklar tomonidan garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi belgilandi.Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda roʻyxatdan oʻtadilar, Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Tuman (shahar) qurilish boʻlimi uch ish kuni ichida arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning  rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani kelishadi yoki uni kelishish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Ariza kelishilgan taqdirda, Yagona billing tizimi «Yer xususiylashtirish» AAT ma’lumotlari asosida xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun hisob varaqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda toʻlangan mablagʻlar hisobini yuritadi.Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati milliy valyutada tegishli me’yorlar boʻyicha hisoblanadi.Ariza beruvchi toʻlov yuzasidan xabarnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida yer uchastkasini xususiylashtirish uchun toʻlovni amalga oshirishi zarur.
Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlovini toʻliq amalga oshirganidan soʻng unga davlat orderi beriladi. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Shuningdek Hukumat qarori (183-son, 14.04.2022-y.) bilan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi. Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.Yer nazorati quyidagi asoslarga koʻra 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi: yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda, elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda, yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga koʻra, OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida, sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida deb belgilangan.
Kadastr nazorati kadastrni yuritishga mas’ul organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun axborot berish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastrga oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.Yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Ellikqal’a tuman
adliya boʻlimi boshligʻi                                                      U.Atadjanov