Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qonunchilikdagi yangiliklar


Hammamizga ma’lum O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.Qarorga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tomonidan 12 ta davlat organlari va tashkilotlaring tuman (shahar) bo’linmalariga yuridik xizmat ko’rastib kelinmoqda.O‘tgan 6 oy davomida quyidagi natijalarga erishildi:
– murakkab huquqiy muammolarni kollegial tarzda hal qilish, tezkor va sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi;
– tashkilot yuristlarini ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish holatlariga barham berildi;
– qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazishning yangi bo‘g‘ini ishga tushdi;
– davlat organlarining 550 mingdan ortiq buyruq va 150 mingdan ortiq shartnomalar loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 7 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirilishi yuzasidan da’volar qanoatlantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shuningdek, yangi qabul qilingan qarorga muvofiq 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilanmoqda:
– mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
– qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
– turizm va madaniy meros bo‘limi;
– sportni rivojlantirish bo‘limi;
– oila va xotin-qizlar bo‘limi;
– davlat soliq inspekсiyasi;
– aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
– davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
– davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
– davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari.
Bunda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulash va xizmat ko‘rsatish bepul asosda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga 2022 yil 1 mayga qadar “E-huquqshunos” elektron tizimida ish yuritish bo‘yicha texnik va huquqiy savollarga javob berilishini ta’minlaydigan “Call-markaz”ni tashkil etish topshirilmoqda.Qarorning qabul qilinishi yuridik xizmati mavjud boʻlmagan tuman (shahar) darajasidagi davlat tashkilotlarining faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini yanada mustahkamlash hamda qogʻozbozlik va korrupciyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, yuridik xizmat joriy etiladigan 19 132 ta tashkilotda“E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanishi va shu orqali yuridik yordam koʻrsatilishi quyidagilarga imkon yaratadi:
• 1 yil davomida oʻrtacha 10 mln donaga yaqin qogʻoz yoki 580 mln. soʻm tejalishiga yerishiladi;
• 770 mingdan ortiq xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligi oshirilishiga yerishiladi.
• oʻz vaqtida va malakali yuridik xizmat koʻrsatish hamda huquqni qoʻllash amaliyotini bir xilda amalga oshiriladi;
•  yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar ish yurituvi raqamlashtiriladi;
•  aholiga va davlat organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazishning yangi boʻgʻini yaratildi;
•  mehnatga oid va boshqa hujjatlarni orqa sana bilan qabul qilishning yoki buyruqlar kechiktirib qabul qilishning oldini olinadi;
•  xoʻjalik shartnomalari loyihalarini davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilishi taʼminlanadi.

Shoʻmonoy tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                             M.Urazboyev