Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qonunchiligimizdagi yangiliklar


Inson tugʻilib, to umrining oxiriga qadar boʻlgan vaqt mobaynida qonuniy huquq va manfaatlarini amlga oshirishda hamda o’zi uchun hayoti davomida zarur bo’lgan xizmatlardan foydalanish uchun, davlat organlari yoki tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan foydalanadi.  Bu borada mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investiciyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-sonli farmoni davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga ko’rsatiladigan xizmatlarning qamrab olish darajasini oshirdi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini qisqartirdi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ishlarni amalga oshirishda hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish borasida alohida ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, mazkur farmonga asosan 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlaridan quyidagi ya’ni tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini, licenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlarni, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlarni, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operaciyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni, jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlarni, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini, jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni, jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni, fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni, moliyaviy hisobotlar nusxalarini, jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni, ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilindi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va ma’lumotlarni belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” idoralararo integraciyalashuv platformasi orqali so‘rab olishi yo’lga qo’yildi.


Beruniy tumani yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh yuriskonsulti                                                                            V.Turaniyazov