Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 29 yil to'ldi.


Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 29 yil to'ldi.
Sana munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi binosida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi buyicha Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari, Nukus davlat pedagogika institui professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Dastlab, harbiy qismda davlat madhiyasi yangradi. Undan so'ng, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari, Nukus davlat pedagogika institui o'qituvchisi Q.Mambetov Qorakalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining yozilish tarixi, davlat ramzlarining xalqaro munosabatlarda ahamiyati haqida batafsil aytib o'tdi.

O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini aytib o'tdi.