Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Davlat gerbi – faxrimiz


Mustaqil Respublikamizning “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga ham 30 yil to‘lmoqda. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida o‘z gerbiga ega bo‘ldi. 1992 yilning 2 iyulida
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi. Davlat gerbi — davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzi sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.
Konstitutsiyamizning 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega”, deya ramzlarimizning huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yilgani barchamizga ayon. Mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamiz esa davlat va xalq birligini namoyon etadi.
Davlat va millatning mavjudligi, xalqning mentaliteti, orzu-o‘ylari, tafakkur tarzi, ruhiyati va o‘ziga xosligi uning ramzlarida aks etadi. Shu sababdan ramzlar shu yurt uchun eng muqaddas qadriyat sifatida baholanadi. Davlat ramzlari orasida davlat tili va gerbi ham alohida ahamiyatga ega.
Davlat gerbining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati haqida qiziqarli va muhim ma’lumotlar  mavjud. Shuningdek, davlat va millat mavjudligining ramzi bo‘lmish davlat tili mavzusiga alohida to‘xtalib, bugungi kun uchun buning ahamiyatini dildan his etish va amaliyotga joriy etish masalalariga har bir shaxs mas’ul va Davlat gerbi fahrimiz ekanligini  alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak.

Beruniy tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i                                                   M.M.Kamalova