Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstituciyasida saylov tizimi


Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstituciyasining 23-bobi “Saylov tizimi” deb nomlanadi. Konstituciyaning 111-moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasining saylov tizimi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasida saylovlar o’tkaziladigan vaqtga e’tibor beradigan bo’lsak, 111-moddaning ikkinchi qismiga ko’ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstituciyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Saylovlarda Qoraqalpog’iston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari ishtirok etishlari mumkinligi belgilangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstituciyasining 111-moddasi uchinchi qismiga ko’ra, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. Shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek, og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar sodir qilganligi uchun sud hukmiga bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda qatnashishi mumkin emas. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i  Kengesiga saylov va Qoraqalpog’iston Respublikasida referendum o’tkazilayotganda  Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi  Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. Komissiya o’z faoliyatini mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik principlariga muvofiq olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstituciyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi. Saylovlarni o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.


To’rtko’l tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                                                      I.Qurbanbayev