Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

2022_yil_1_apreldan nimalar o‘zgaradi?


➖Keksalar bepul dori bilan ta’minlanadi.
-o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;
-sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga receptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
-og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar receptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensaciya qilinadi;
-keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;
-davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

➖Tadbirkorlik uchun ayollarga beriladigan subsidiya miqdori oshiriladi.
- tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshiriladi;
- “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
- 2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi;
- Ijarada turgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha kompensaciya beriladi.

➖Boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari bog‘cha pulidan ozod qilinadi.
Boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
- farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
- 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.
To‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;
Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.

➖Avtomototransport sotib olish bo‘yicha shartnomalarni boshqa shaxslarga sotish oldi olinadi.
- “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi

➖Nogironlik nafaqasi va pensiyasining eng kam miqdori oshiriladi.
- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda –
440 000 so‘mdan 622 000 so‘mgacha oshiriladi;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etiladi.

➖Moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi.
-Davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar holatlari to‘g‘risida Davlat moliyaviy nazorati inspekciyasiga “Davlat auditi” dasturiy kompleksi orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu ma’lumot asosida moliyaviy tekshiruvlar jarayonida aniqlanib, davlat foydasiga undirilgan mablag‘lar hisobidan mukofot to‘lanadi.

➖Ayrim hududlardagi maktablarda bepul ovqat beriladi.  
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi .

➖Ayrim shaxslarning akciyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Qonunchilikka ko‘ra 2024 yil 31 dekabrgacha:
- O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning akciyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- norezident yuridik shaxslarning akciyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
- rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligaciyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.

F.Z.Naranova,
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi boshlig‘i