Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Gender tenglikni ta'minlashning qonunchilik va institucional negizi


Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, so'nggi yillar mobaynida yangilanayotgan O'zbekiston islohotlari inson manfaatlari ustunligini ta'minlash barobarida, jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilayotganligi katta e'tiborga molikdir.
Shu asnoda, muhtaram yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan yurtimizda ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida ro'yobga chiqarilmoqda.
Xususan, so'nggi uch yilda mamlakkatimizda gender tenglikni ta'minlashning qonunchilik va instituсional negizini mustahkamlash yo'lida bir qator muhim choralar ko'rildi.Jumladan, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan qariyb 20 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 2 ta qonun, 1 ta Prezident qarori, 4 ta Prezident Farmoni hamda 13 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Shuningdek, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo'yicha Maslahat kengashi organlari faoliyatini yo'lga qo'yish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi va mehnat jamoalarida Maslahat kengashlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, xotin-qizlarning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasida Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tashkil etildi.
E'tiborli jihatlardan  biri, yurtimizda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar ta'minlash jamiyatimizda tinchlik va iqtisodiy barqarorlikni saqlashning asosiy omillaridan biridir. Shuni hisobga olgan holda «2020-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi» loyihasi tayyorlanib, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan kelishilmoqda. Shunisi e'tiborliki, mazkur strategiyadagi barcha yo'nalishlar BMTning 2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 iyundagi qo'shma qarori bilan «Ayollar mehnati to'liq yoki qisman qo'llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo'lgan ishlar» ro'yxati bekor qilindi. Qayd etish kerakki, erkak va ayolning teng huquqliligi xalq farovonligida, jamiyat tinchligi hamda iqtisodiy barqarorlikda muhim o'rin tutadi. Shu jihatdan ayollarning bandligini ta'minlash, ularning o'z intilish va qobiliyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqara olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi davlatimizning doimiy diqqat markazida. Jumladan, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi.
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, so'nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan bir qator qonun va qonun osti hujjatlari ishlab chiqilgan bo'lib,ushbu hujjatlar tom ma'noda, yurtimizda gender tenglikni ta'minlashning qonunchilik va institucional negizini mustahkamlashga xizmat qiladi desak aslor xato bo'lmagan bo'lar edi.


N.Radjapova,
To'rtko'l tuman Yuridik xizmat ko'rsatish
markazi bosh yuriskonsulti