Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

YOShLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI HUQUQIY ASOSLARI TAKOMILLAShMOQDA


Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Shu yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yoshlarga oid davlat siyosatida ham tarixiy va olamshumul o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bularning asosi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning islohotlar dasturining eng birinchi va ustuvor yo‘nalishi yoshlar masalasi yetib belgilanganligini ta’kidlash joiz.
Yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini ta’minlash va yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ko‘plab qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi, “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi kabi qonunlarda yoshlarning huquqlariga doir ko‘plab yangi normalar belgilandi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan  yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tashkiloti bo‘lgan Yoshlar ishlari agentligi tashkil yetildi. Bugungi kunda agentlik chin ma’noda yoshlarning manfaatlarini ifodalab kelmoqda. Yoshlarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Yoshlar daftari” tizimi joriy yetildi.
Ayniqsa, chekka-chekka hududlarda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilayotgan keng qamrovli ishlar, bugun o‘z samarasini namoyon yetmoqda.
Jumladan, Amudaryo tumanining olis qishloqlarida, “Huquqiy axborot kuni” haftada bir marotaba bo‘lib o‘tmoqda. Unda yoshlarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat balki, takliflar ham berib o‘tilmoqda.
Bu ham Uchinchi Renessans poydevori hisoblanayotgan yoshlar siyosatida ular bilan tizimli ishlash bo‘yicha yangi o‘ziga xos ta’rtib va mexanizmlar joriy yetilganidan dalolatdir.

Amudaryo tumani adliya
bo’limi bosh maslahatchisi                        J.Bekimbetov