Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan 2022-yil 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi  Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan 2022-yil 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limiga 2022-yil 1 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
I. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limiga 2022-yil 1 choragi davomida jami 182 ta ya’ni, 127 ta shikoyat va 55 ta arizalar kelib tushgan.
    
Kelib tushgan murojaatlarning 98 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 45 ta murojaat yoki 46 foizi qanoatlantirilgan.
    

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e’tibor qaratilib, ularni o'z vaqtida va sifatli o'rganib chiqish choralari ko'rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida murojaatlarni muallif ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rildi.
Xususan, kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi bevosita murojaat muallifi ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqilib, hal qilindi.
Shuningdek, 53 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa, 35 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga hamda 25 ta murojaatlar tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan.
Bundan tashqari, jami 1 ta murojaatlar murojaat egalarining o'z murojаatlarini belgilangan tartibda chaqirib olishi natijasida ko'rmasdan qoldirildi.

II. Ishonch telefonlariga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” orqali 2022-yil 1 choragi davomida inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 6 ta murojaatlar kelib tushgan.
“Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 3 tasi yoki 60 foizi qanoatlantirilib, 2 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, 1 tasi tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.
Rahbariyatining shaxsiy va sayyor qabullarida 2022 yil 1 choragi davomida 9 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Mazkur murojaatlarning 6 tasi vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, 3 tasi qanoatlantirilgan bo'lsa, 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 1 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga va 2 tasi tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan.

III. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan qo'llanilgan ta'sir choralar bo'yicha:
Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo'yicha 6 ta taqdimnoma, mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgorlikka tortish yuzasidan 1 ta ma'muriy taklif kiritildi.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo'yicha tahlil qilindi.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida
Tahlil natijasida murojaatlarning quyidagi sohalarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:
-    mehnat nizolari masalasida 53 ta;
-    ijtimoiy himoya bilan bog'liq masalaga oid 34 ta;
-    uy-joy masalasida 15 ta;
-    erga doir masalasida 15 ta;

Mehnat nizolari masalasida kelib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bushatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini o'ndirish bayon qilingan.
Ijtimoiy sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan pensiyaga chiqish pensiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pensiyani hisoblash, qayta hisoblash va to'lash holatlari shuningdek, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.
Uy-joyga va erga doir sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan, fuqarolar o'rtasidagi o'zora erga va uy-joyga oyd da'volar haqida bayon qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- kelgusida shikoyatlar ko'paygan sohalarni  ish rejalarga kiritish yoki monitoring asosida o'rganishni tashkil qilish;
- murojaatlar ko'paygan sohalarga mas’ul bo'lgan Respublika idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish;
- qaysi tashkilot xodimlari xatti-harakatlariga nisbatan ko'proq shikoyatlar kelib tushgan bo'lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish.

     Inson huquqlarini
himoya qilish bo'limi                                                  30.03.2022 yil