Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kommunal xizmat sohasida ayrim toifadagi shaxslarga yaratilgan yengilliklar nimalardan iborat


Kommunal xizmat sohasida ayrim toifadagi shaxslarga yaratilgan yengilliklar nimalardan iborat

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlarning aniq yo‘naltirilishini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 martdagi              “2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 3227-sonli Farmoni qabul qilingan. Mazkur Farmon bilan 2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2010 yil 30 dekabrda 2175-son bilan ro‘yhatdan o‘tgan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ilovasiga muvofiq quyidagilar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanishi belgilangan.
Xususan, 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar, fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari, Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar, ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari, Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar, yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar olishi belgilangan.
Shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanishi, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari deb 1941-1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanishi belgilangan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-58-sonli farmonida 2022 yil 1 martdan boshlab kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab borilishi, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etililishi, bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanishi, yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda-pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanishi, bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.


To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
yetakchi maslahatchisi                             M.Sheripboev