Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

#AdliyagaRahmat


Fuqaroning voyaga yetmagan farzandlariga bolalar nafaqasi tayinlash masalasidagi arizasi 1999-yilda vafot etgan farzandining o`limi qayd etilmaganligi sababli hal bo`lmayotganligini bildirib yozgan murojaati hal etildi
Beruniy tumani adliya bo`limiga fuqaro D.D. murojaat qilib, voyaga yetmagan farzandlariga bolalar nafaqasi tayinlash masalasidagi arizasi 1999-yilda vafot etgan farzandining o`limi qayd etilmaganligi sababli hal bo`lmayotganligini va bu masalada bir qancha joylarga murojaat qilganligini, lekin unga amaliy yordam berilmayotganligini bildirib, ushbu masalani hal etishda amaliy yordam berishni so`radi.
Murojaatni o`rganish davomida fuqaro D.D.ning bir yarim yoshli farzandi 1999-yilda vafot etganligi, lekin uning o`limi FHDYo bo`limida qayd etilmaganligi va fuqaro farzandining o`limini qayd etish uchun Beruniy tuman FHDYo bo`limiga murojaat qilganida, unga guvohnoma berish rad etilganligi aniqlandi.Shuningdek, Beruniy tumani tibbiyot birlashmasidan 1999-yil markaziy kasalxona kanalizatsiyasida yuzaga kelgan avariya oqibatida arxiv materiallari yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli ma’lumot olish imkoni bo`lmadi.
Bundan tashqari, fuqaro D.D.ning farzandi Beruniy tumanidagi “Sulton Uvays bobo” qabristoniga dafn etilganligi Beruniy tumani Obodonlashtirish boshqarmasining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasiga ko`ra fuqarolik holati hujjatlari, ya’ni tug`ilish, o`lim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralish qayd etilishi kerak.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 295-moddasi,1-qismiga ko`ra sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o`zgarishiga yoki tugashiga sabab bo`ladigan faktlarni aniqlaydi,2-qismi, 4-bandiga ko`ra o`limni qayd etilganligi to`g`risidagi ishlarni ko`radi.O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi “Yuridik ahamiyatga ega bo`lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida”gi 5-sonli qarorining 20-bandiga ko`ra agar shaxsning ma’lum vaqt va ma’lum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo`lsa, sud o`lganlik faktini belgilaydi. Sudga murojaat qilayotgan manfaatdor shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning o`lganlikni ro`yxatga olishni rad qilganligi haqidagi hujjatni taqdim etishlari lozim.
Yuqoridagilarga asoslanib, tuman adliya bo`limi tomonidan fuqarolik ishlari bo`yicha Beruniy tumanlararo sudiga ariza kirtilishi natijasida fuqaro D.D.ning farzandining 1999-yilda vafot etganlik fakti belgilanib, adliya aralashuvi bilan yana bir muammo hal etildi.


S.Raimbekova,
Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i,
2-darajali yurist.