Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Beruniyda 18 nafar o`qituvchiga ustama haq to`lanmagan


Joriy yilning yanvar oyida Beruniy tuman adliya bo`limi tomonidan tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli umumta`lim maktablarining jami 18 nafar “Test po russkomu yaziku kak inostrannomu” (TRKI) sertifikatini qo`lga kiritgan “Rus tili” fani o`qituvchilarining murojaatlariga asos, ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan to`lanmagan har oylik 50 foiz miqdorida qo`shimcha ustama haqi to`lab berilishi yuzasidan fuqarolik ishlari bo`yicha Beruniy tumanlararo sudiga da`vo arizalari kiritilgan edi.
Sud tomonidan mazkur da`vo arizalari qisqa muddatda ko`rib chiqilib,18 nafar “Rus tili” fani o`qituvchilariga jami 134 072 271 (bir yuz o`ttiz to`rt million yetmish ikki ming ikki yuz yetmish bir) so`m miqdoridagi to`lanmasdan kelingan qonuniy ustama haqlarini undirish yuzasidan sud buyruqlari chiqarilib, majburiy undiruvga qaratilishi ta`minlandi.

Saltanat Raimbekova,
Beruniy tuman adliya bo`limi boshlig`i