Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Fuqaroning murojaati Adliya ko`magi bilan sud orqali hal qilindi


Beruniy tumani adliya bo`limiga tumanda yashovchi fuqaro B.N. murojaat qilib, 2019-yil 5-iyulda pensiyaga chiqqanligini, 32 yillik ish stajiga egaligini, lekin tuman Madaniyat bo`limida ishlagan 5 yillik davri pensiya tayinlashda ish stajiga qo`shilmaganligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam berilishni so`radi.Mazkur murojaatni o`rganish davomida tuman adliya bo`limining so`rov xatiga Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tumani bo`limi tomonidan fuqaro B.N.ning jami hisobga olingan ish staji 25 yil 7 oyni tashkil qilishi, tuman Madaniyat bo`limida ishlagan ikki yil uch oydavri bo`yicha ish staji Beruniy davlat arxivining ma`lumotnomasi asosida tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lmaganligi tufayli pensiya ishiga qo`shib hisoblanmaganligi haqida javob xati berildi.
Aniqlanishicha, fuqaro B.N.ning mehnat daftarchasida 1988-yil 25-maydan 2005-yil 2-sentabrgacha uzluksiz Beruniy tumani Madaniyat bo`limi (Rayotdelkultura)da “sekretar” lavozimida ishlaganligi bo`yicha yozuv qayd etilgan.Lekin, Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tumani bo`limi fuqaro B.N.ning mehnat daftarchasida qayd etilgan mehnat stajini asossiz ravishda qo`shib hisoblamagan.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasiga asosan “Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir”, deb belgilangan.Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunining 42-moddasiga asosan “Mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Mehnat daftarchasi yoki unga tegishli yozuvlar bo`lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi” deyilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg`armasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-sonli qarorining 8-bandiga asosan, Jamg`arma o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
b) pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash hamda qayta hisoblab chiqish bo`yicha:
pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va qayta hisoblab chiqish uchun zarur bo`lgan taqdimnomalar, arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, ularni qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiradi;
pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlaydi, ko`rib chiqadi va tekshiradi;
Jamg`armaning tuman (shahar) bo`limlarida pensiyalar tayinlash bo`yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etadi;
zarur tarzda rasmiylashtirgan hujjatlarga muvofiq va pensiyalar tayinlash bo`yicha komissiyalar qarorlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalarni tayinlaydi va ularni qayta hisoblab chiqadi;
pensionerlarning pensiya ishlarini va ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslarning ishlarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, pensionerlarga pensiya guvohnomalari beradi;
Shuningdek, Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga davlat ijtimoiy sug`urta badallari to`lab kelingan bo`lsa, yoshga doir pensiya olishga haqli bo`ladilar. Basharti ish beruvchining aybi bilan (bo`yin tovlashi yoki to`lovga qobiliyatsizligi sababli) sug`urta badallari to`lanmagan bo`lsa-da, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 283-moddasida xodimlarning yoshga doir pensiyalarni va boshqa pensiyalarni olish huquqlari kafolatlanaverishi ko`rsatib quyilgan.
Yuqoridagilarga binoan hamda O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksning 27-moddasiga asosan, tuman adliya bo`limi tomonidan Nukus tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilishi natijasida, Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tumani bo`limining 2022-yil 13-yanvardagi xati orqali javobni berish bilan bog`liq harakatlari qonunga zid deb topilib, fuqaro B.N.ning mehnat daftarchasida qayd etilgan ikki yil uch oy davridagi ish yillarini mehnat stajiga qo`shib, pensiyani qayta hisoblash majburiyati yuklatildi.


S.Raimbekova,
Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i,
2-darajali yurist.