Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ish stajiga ega bo’lmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga to’lanadigan nafaqalar


Ish stajiga ega bo’lmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga quyidagi nafaqalardan biri to’lanishi mumkin:
•yoshga doir nafaqa;
•nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslardan tashqari);
•boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi.
Bunda turli nafaqalarni olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ushbu nafaqalarning faqat bittasi to’lanadi.
                                                                              Yoshga doir nafaqa.
Yoshga doir nafaqa ish staji bo’lmagan yoki pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo’lmagan shaxslarga tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa:
erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoshga yetganlarida;
bolalikdan nogironligi bo’lgan farzandi bor onalarga – 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi.
Yoshga doir nafaqa shaxsga uning mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari bo’lmagan taqdirda tayinlanadi.Nafaqa tayinlash uchun yashash joyi bo'yicha Pensiya jamg’armasi bo’limiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:ariza;yoshni tasdiqlaydigan hujjat;mahalla tomonidan berilgan ma’lumotnoma;mehnat daftarchasi (bo’lsa).
Ariza 10 kunda ko'rib chiqilib, nafaqa tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish haqida qaror qabul qilinishi lozim.Hozirgi kunda zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 440 000 so'mni tashkil etadi.
                                                                            Nogironlik nafaqalari
Nogironlik nafaqasi ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga yoshidan qat’i nazar tayinlanadi.Bunda nogironlik darajasini tibbiy tekshirish TMEK tomonidan amalga oshiriladi.Nogironlik nafaqasi mehnatga layoqat yo’qotilishining butun davri uchun tayinlanadi.Nafaqani olish uchun yashash joyidagi Pensiya jamg’armasiga ariza topshirish lozim. Ariza berilganda Pensiya jamg’armasi nogironlik darajasini aniqlash uchun TMEKka yo’llanma beradi. TMEK nogironlik darajasi bo’yicha xulosa qabul qilgandan keyin 7 kunda Pensiya jamg’armasiga xulosani yuboradi.Mazkur xulosa asosida Pensiya jamg’armasi nafaqa to’lash yoki nafaqa to’lashni rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi.
                                                             Boquvchisini yo’qotganlik uchun olinadigan nafaqa.
Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo’lmagan vafot etgan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
Quyidagilar oilaning mehnatga layoqatli bo’lmagan a’zolari hisoblanadilar:
•bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to’lmagan bo’lsa yoki 16 yoshdan katta bo’lsa ham 16 yoshga to’lmasdan nogiron bo’lib qolgan bo’lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo’lmasa;
•ota, ona, o’gay ota, o’gay ona, xotin, er, pensiya yoshiga to’lgan yoki nogiron bo’lsalar;
•yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini beradigan yoshga to’lgunga qadar boqish bilan mashg’ul bo’lsa va ishlamasa;
•buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo’lgan kishilar bo’lmasa.
Nafaqa summasi vafot etgan shaxs olgan nafaqa miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Bunda nafaqa quyidagi miqdorlarda tayinlanadi:
-oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning 100 foizi;
-oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi;
-oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Agar oila a’zosi talab qilsa uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to’lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo’linadi.
Boquvchisini yo’qotganlik uchun tayinlanadigan nafaqani olish uchun Pensiya jamg’armasiga quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:
-ariza;
-boquvchining vafot etganligi to’g’risidagi guvohnoma;
-oila a’zolarining tug’ilganligi to’g'risidagi hujjatlar nusxalari.
Ariza 10 kunda ko’rib chiqilib, nafaqa tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish haqida qaror qabul qilinishi lozim.
Barcha hollarda nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.


Kadrlar bo’limi
bosh maslahatchisi                         A.Ernashov