Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sud-iqtisodiy ekspertizasi (amaliyot, muammo va takliflar)


Sud-iqtisodiy ekspertizasi
(amaliyot, muammo va takliflar)

Buxgalteriya hisobi, soliq, pul-kredit muomalalari va moliya sohasida maxsus bilimlar talab etiladigan masalalar yuzaga kelganda sud-tergov idoralari tomonidan sud-iqtisodiy ekspertizasi tayinlashi mumkin.
Sodir etilgan jinoyatlarni ochish, tergov va sudda ularni inkor etib bo'lmaydigan ilmiy asoslangan dalillar bilan ta'minlashda sud-iqtisodiy ekspertizasining o'rni ortib bormoqda.
Sud-iqtisodiy ekspertizasi o'tkazish uchun sud-tergov organlari tomonidan ekspert oldiga qo'yiladigan savollarni to'g'ri va aniq bo'lishi, hujjatlarni to'g'ri rasmiylashtirib taqdim etilishi, shuningdek, tadqiqotlar o'tkazishda ekspertlarning yuqori bilim va malaka bilan yondoshuvi beriladigan xulosalarni ilmiy asoslantirilgan va qonuniy bo'lishiga, pirovardida tergov va sud organlari uchun o'ta foydali protsessual hujjat sifatida baholanishiga xizmat qiladi.
2021 yilda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi Markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limiga jami 14 ta, shundan 7 ta jinoyat ishlari bo'yicha sudlardan, 1 ta iqtisodiy suddan, 1 ta fuqarolik ishlari bo'yicha suddan, 3 ta prokuratura organlaridan ekspertiza tayinlash haqidagi ajrim va qarorlar kelib tushgan va xulosalar berilgan. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida 2 ta mutaxasssis fikrlari berilgan.
Jinoyat ishlari bo'yicha Qonligul tuman sudining sud-buxgalteriya ekspertizasi tayinlash haqidagi ajrimida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat Soliq boshqarmasi xodimlari tomanidan “NCS Ulgirji Sawda”  mas’ulyati cheklengan jamiyatining 2020-yil iyul-dekabr oylari davomidagi ish faoliyati yuzasidan o'tkazilgan taftish natijasi bo'yicha 2021-yil 30-iyunda rasmiylashtirilgan akti ilmiy asoslanganligi bo'yicha ekspert oldiga qo'yilgan ikkinchi savol bo'yicha hujjatli soliq taftishi o'tkazilishi davomida xato-kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi sababli aktda ko'rsatilgan jami 520,3 mln. so'mlik foyda solig'i hamda 530,2 mln. so'mlik qo'shilgan qiymat solig'i to'lanmasdan, yashirilganligi to'g'ri yoki noto'g'ri hisoblanganligini aniqlash imkoniyati yo'qligi haqida xulosaga kelingan. Chunki, ushbu holatlarni aniqlash uchun hujjatli soliq taftishi o'tkazilishi shart, hujjatli soliq taftishi o'tkazish esa sud iqtisodiy ekspertiza vakolatiga taalluqli emas.
Agarda ushbu savol bo'yicha hujjatlar to'g'ri rasmiylashtirilib, ekspert oldiga savol qo'yilganda ushbu savolga ham xulosa berilgan bo'lar edi.
Bugungi kunda amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, sud-iqtisodiy ekspertizasi bo'yicha mutaxasssis fikrlarini berish bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kam sonni tashkil etmoqda. Chunki soliq Kodeksining 21-moddasiga ko'ra soliq to'lovchilar soliq munosabatlari masalalariga oid o'z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari soliq munosabatlari masalalariga oid o'z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o'z vakillari orqali ifodalash; utashkiloti yoki boshqa o'z vakillari orqali ifodalash huquqiga ega.
“Sud ekspertizasi to'g'risida”gi qonunda mutaxassis fikrini ham ekspertiza xulosasi kabi protsessual hujjat sifatida belgilanishi, nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda tadbirkorlik sub’ektlarining ekspertiza markazi va uning bo'limlariga murojaati soni oshib, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, sud-tergov organlari tomonidan eksper vakolatiga kiradigan savollar bilan murojaat qilishi va ekspertiza tadqiqotlari o'tkazish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar to'g'ri va to'liq rasmiylashtirib yuborishdagi kamchiliklarni yanada kamaytirish uchun ular ishtirokida tashkil etiladigan seminarlarni ko'paytirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Markazning Qoraqalpog'iston
Respublikasi bo'limi
mudiri v.v.b.                             A. Toreniyazova