Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

BUGUNGI KUNDA YOSHLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR (YENGILLIKLAR)


Bugungi kunda,Prezidentimiz tomonidan yoshlarga boʻlgan e’tibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buni davlatimiz tomonidan mudofaa, ta’limi va boshqada shunga oʻxshash sohalarida yoshlarga berilayotgan imtiyozlar va yengiliklarda ham yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Jumladan:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida 2022-yil 02-mart kungi pq-150-son qarori bilan Vatan tayanchi harakati tashkil qilinish tartibi belgilandi, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi «Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etish belgilandi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida boshqarma boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida boʻlim boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy etiladigan boʻldi.Ushbu tashkil etilayotgan «Vatan tayanchi» harakatining asosiy vazifalari quyidagilar qilib belgilandi.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, jamiyatda munosib mavqyeini egallash qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qilishga qodir, mamlakatining, xalqi va oʻz oilasining farovonligi va yanada rivojlanishi orzusida boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, oʻquvchi-yoshlarni tuzilayotgan otryad atrofida birlashtirish va jipslashtirish, ular orasida harbiy-vatanparvarlik, oʻquv-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda asosiy tashkilotchi sifatida faoliyat yuritish, oʻquvchilarda oʻqish va intizom boʻyicha yuqori natijalarga erishishga ishtiyoqni uygʻotish hamda ularga oʻrnak boʻlish uchun faol harakat qilish, davlat umumta’lim maktablar oʻquvchilarini odob-axloq, Vatanga sadoqat va oʻziga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash, oʻqishi, intizomi va jismoniy koʻrsatkichlari past oʻquvchilarga yuqori natijalarga erishishda koʻmaklashish, davlat umumta’lim maktablarida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, oʻquvchilarni turli xavfli gʻoyalar va tashqaridan «ommaviy madaniyat» niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sirlardan himoya qilish asosiy vazifalari qilib belgilangan.
Shuningdek, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, «Vatan tayanchi» harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda davlat umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan har bir «Vatan tayanchi» otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi va otryadi a’zolari respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5-foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladi hamda respublika oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Amudaryo tumani Yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti                                   J.O.Avezov