Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Istalgan avtomobil tarixiga oid ma’lumotlarni olish mumkin


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 09-mart kungi №106-son qaroriga asosan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maydan:
“Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP (moy.gоv.uz) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyiladi.Avtotransportni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida avtotransportning bosib oʻtgan masofasi haqidagi ma’lumotlar, jumladan, texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.
“Avtomobil tarixi” ma’lumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- avtotransportning agregat ma’lumotlari;
-  bosib oʻtgan masofasi;
-  shartnoma tuzilganligiga oid ma’lumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);
-  yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi;
-  qoidabuzarliklar holati;
-  garovga qoʻyilganlik holati;
- taqiq borligi yoki yoʻqligi;
- bojxona rasmiylashtiruviga oid ma’lumot;
- licenziya olinganlik holati (yoʻlovchi tashish uchun).

Davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiriladi (DXM, YAIDXP, veb-sayt yoki ilova orqali).Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.Ma’lumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.Ma’lumotnoma shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan oʻz “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).Ma’lumotnoma axborot xususiyatiga ega hujjat hisoblanadi.Ariza beruvchilar Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan istalgan avtomobil haqida ma’lumot olishi mumkin.


Amudaryo tumani Yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti                                J.O.Avezov