Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

#AdliyagaRahmat


Kegeyli tumani adliya boʻlimiga tuman umumta'lim muassasalarida mehnat qilayotgan 40 nafar Kadrlar bo'yicha menedjer (inspektor) xodimlari murojaat qilib, kadrlar bo'yicha menedjer (inspektor) lavozimiga 2-razryad bo'yicha ish haqi to'lab kelinganligidan noroziligini hamda ish haqilarini to'liq undirishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildi. Mazkur murojaatlar oʻrganilganda, haqiqatdan ham Vazirlar Mahkamasining 743-son qarori talablariga rioya qilinmasdan ish haqi toʻlovi hisoblanib, toʻlanganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabr kungi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 743-son Qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag'lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo'lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatga haq to'lash bo'yicha razryadlarga oliy ma'lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlarga 7-razryad, oliy ma'lumotli bo'lmagan mutaxassislar va inspektorlarga 6-razryad etib belgilangan.
Murojaatlarni o'rganish davomida Kegeyli tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida ishlaydigan “Kadrlar bo'yicha inspektor”lariga to'lanishi kerak bo'lgan ish haqi bo'yicha jamlangan qarzdorlik summasi 01.01.2022-yil holatiga jami 145 224 632 so'm miqdorda ish haqi to'lanmaganligi aniqlandi.
Adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Chimboy tumanlararo sudiga 145 224 632 so'm miqdorda ish haqi undirish bo'yicha sud buyrig'ini chiqarishni so'rab kiritilgan arizalar sud tomonidan qanoatlantirildi.


Bahadir Najimov,
Kegeyli tumani adliya boʻlimi bosh maslahatchisi