Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Konstituciyada fuqarolik jamiyati institutlari


O‘zbekiston Respublikasining Konstituciyasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi samarali islohotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirishga imkon yaratdi.Asosiy qonunimizdagi mantiqiy tizimlashtirilgan huquqiy normalar mohiyatan fuqarolik jamiyatining mazmuni va asosiy tamoyillarini, jamoat birlashmalari va ular faoliyatining kafolatlarini, haqiqiy demokratik jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy asoslarini huquqiy tartibga solishga yo‘naltirilgan.
Fuqarolik jamiyati huquq ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning huquq va erkinliklari to‘liq ta’minlangan, fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadigan, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning erkin ishtiroki ta’minlangan, iqtisodiy asosini xususiy mulk tashkil etadigan erkin fuqarolar makoni ekan aynan bunday omillarni shakllanishi uchun asos bo‘lgan qoidalar Konstituciyamizning bir qator normalarida o‘z ifodasini topgan.
Xususan, Konstituciyaning 32-moddasiga asosan «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va dav¬lat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi».
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etish huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda saylov va referendumlarda bevosita qatnashishlari va o‘z ovozlarini berishlarida namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatida shaxsning iqtisodiy va siyosiy turmushini erkin, ixtiyoriy asosda qurish ta’minlanadi, umuminsoniy huquqlarga alohida e’tibor beriladi, davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Vaqti kelib kuchli davlat funkсiyalari asta-sekin tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi.

Beruniy tumani adliya bo`limi
bosh maslahatchisi Sh.Ismailov