Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Mehnat shartnomasi va unga o’zgartirish kiritish tartibi


Mehnat shartnomasiga o’zgartirish kiritish amaliyotda barchada uchrab turadigan masala hisoblanadi va ko’pchilik holatlarda xodim va ish beruvchi o’rtalarida tushunmovchilik va hattoki nizoli holatlar kelib chiqishi ehtimoli katta. Shu bois bugungi maqolamizni “mehnat shartnomasi va unga o’zgartirish kiritish tartibi” mavzusida bag’ishladik.
Mehnat qonunchiligida mehnat shartnomasi – xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Ish joyi, xodimning mehnat vazifasi (mutaxassisligi, malakasi va u ishlaydigan lavozim), ishning boshlanish va amal qilish muddati (agar muayyan muddatga tuzilgan bo’lsa) kuni, mehnat haqi, ta’tillar va boshqa muhim shartlarni mehnat shartnomasi o’z ichiga shartli ravishda qamrab oladi. Albatta, ish faoliyati davomida, qandaydir bir sabablarga ko’ra, har bir xodim dastlab tuzilgan mehnat shartnomasiga o’zgartirish kiritgan holda professional yo’nalishini, ish joyini, mehnat haqqini yoki boshqa bir shartni o’zgartirish huquqiga ega. Bu huquq mamlakatimiz Konstituciyasi bilan kafolatlanib, 37-moddasida o’z aksini topgan - har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Mehnat kodeksining 88-96 moddalarida mehnat shartnomasiga o’zgartirish kiritishning umumiy tartibi, ish beruvchi va xodimning tashabbusi hamda kelishuvi bilan vaqtincha o’zgartirish, xodimning mehnat shartlarini o’zgartirish huquqi va ish beruvchining xodim roziligisiz mehnat shartlarini o’zgartirish huquqi ko’rsatib o’tilgan. Jumladan, Mehnat kodeksining 96-moddasiga ko’ra, doimiy boshqa ishga o‘tkazish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Boshqa doimiy ishga o‘tkazish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlar asos bo‘ladi. Doimiy boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruq mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmuniga to‘la muvofiq holda chiqariladi va xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Demak, doimiy boshqa ishga o’tkazish to’g’risidagi buyruqni qabul qilishdan oldin ish beruvchi mehnat shartnomasiga amalda (haqiqatda) kiritilgan o’zgartirishlarni tegishli tartibda rasmiylashtirishi lozim. Vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uning muddati ko‘rsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi va buning uchun mehnat shartnomasiga o’zgartirish kiritish talab qilinmaydi.  
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga binoan hamda xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq chiqarish uchun uning arizasi, homilador ayollarni va ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq chiqarish uchun esa, — ularning arizasi va tibbiy xulosa asos bo‘ladi. Xodimni ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq chiqarish uchun ishlab chiqarish zaruriyati yoki ishda bekor turib qolish faktining mavjudligi asos bo‘ladi.

Taxiatosh tumani Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                                                                                                             A.Kdirbaev