Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Inson huquqlari – eng oliy qadriyat


Inson huquqlarini yuqori darajada ta’minlash demokratik davlat qurishning muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, Konstituciyamizning 43-moddasida, davlat fuqarolarning Konstituciya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi mustahkamlab qo‘yilgan. Konstituciyamizning X-bobi inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlariga bag‘ishlangan. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimizda inson huquqlari ta’minlashning huquqiy asoslari Konstituciya bilan belgilab qo‘yilgnligini anglatadi.
Shu paytgacha, O‘zbekiston inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, shu qatorda, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan. Bu esa, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro tajribani milliy qonunchiligimizga implementaciya qilishga ham alohida e’tibor berilishidan darak beradi.
Shuningdek, yurtimizda so‘nggi yillarda inson huquqlarini ta’minlash, ularning huquqiy asosini o‘rnatish orqali, inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilgan.Xususan, 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo’lgan.
Ayniqsa, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida tub burilish yasadi.Xulosa qiladigan bo’lsak, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlashni huquqiy asoslarga tayangan holda olib borish inson huquqlari eng oliy qadriyatlardan biri ekanligini anglatadi.


To‘rtko‘l tuman
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                 N. Saparboyev