Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

KORRUPCIYA VA KORRUPCIYAVIY JINOYATLARGA QARShI HUQUQIY ASOSLAR


Ta'kidlab o'tish kerakki, korrupciya-jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omildir. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupciyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga, uning kelib chiqishiga sharoit yaratib berayotgan omillarni bartaraf etish hamda uni tag-tomiri bilan yo'q qilish uchun jiddiy choralar ko'rilmoqda. Shu asnoda,O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda “Korrupciyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'RQ-419-son Qonuni qabul qilindi va ushbu qonun asosida bir qator qonun osti hujjatlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli “O'zbekiston Respublikasida Korrupciyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon asosida korrupciyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupciyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupciyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida ilk bor Korrupciyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda, Korrupciyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda ham o'z ifodasini topgan.
Jumladan, 2003-yil 31-oktyabrda qabul qilingan BMTning Korrupciyaga qarshi Konvenciyasi; 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, 1999-yil 27-yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupciya uchun jinoiy javobgarlik to'g'risida”gi Konvenciyasi hamda  1999-yil 4-noyabrdagi “Korrupciyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to'g'risida”gi Konvenciyalari va boshqalarni aytib o'tish mumkin.Shu bilan bir qatorda,  davlatimiz 2003-yil 10-sentyabr oyidagi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupciyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga  2010-yil mart oyida qo'shildi.
Ta'kidlash kerakki, Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan ayrim manbalarida korrupciyaga berilgan ta'rifga ko'ra,korrupciya - pora olish (o'ziga og'dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo'lgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o'z mansab vazifasidan yoki shunga o'xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan, shuningdek, o'zi yoxud o'zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega bo'lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat hisoblanadi.
Qonunchilik tahliliga qaraydigan bo'lsak, korrupciya bilan bog'liq holatlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko'proq milliy qonunchiligimizda xususan O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o'z ifodasini topganini ko'rishimiz mumkin.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining “Korrupciya bilan bog'liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi bir qator huquqiy  normalar kiritilgan.Xususan,O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish (167-modda);Soxta tadbirkorlik (179-modda); Soxta bankrotlik (180-modda); Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (182-modda); Soliqlar yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash (184-modda); Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish (205-modda);  Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda); Mansab soxtakorligi (209-modda);Pora olish (210-modda); Pora berish (211-modda); Pora olish-berishda vositachilik qilish (212-modda);Tovlamachilik yo'li bilan haq - berishni talab qilish (214-modda) Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (243-modda) hamda Kontrabanda (246-modda) va boshqa moddalar mavjud.
Xulosa qilib aytganimizda, korruptciya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, tarqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi.
Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.Ayni paytda mamlakatimizda ham korrupciyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan desak, aslo xato bo'lmagan bo'lar edi.

To'rtko'l tuman Yuridik xizmat ko'rtish
markazi boshlig'i                                                                                                   B.Avazmetov