Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Mamlakatimiz tomonidan davlat xizmatlarni ko’rsatish sohasida yangi bosqich


So’ngi yillar davomida davlatimiz tomonidan davlat xizmatlari sohasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqta, davlat xizmatlarni ko’rsatishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilyapti. Masalan, Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini licenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son va “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarorlari bunga misol bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, “Licenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Licenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, licenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda licenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori qabul qilindi.Mazkur qaror bilan maxsus elektron tizimi orqali ayrim faoliyat turlarini licenziyalash tartibi to’grisida yagona nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko'ra, licenziya olish talab qilinadigan 28 ta faoliyat (jumladan, nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish, moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk obektlarini asrash, turizm faoliyati, Xususiy bandlik agentliklarining O'zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo'yicha faoliyat, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizaciya qilish va boshqa faoliyatlar) “Licenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali licenziyalanadi.
Bunda talabgor licenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Licenziya” AT yoki YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.Arizalar “Licenziya” AT yoki YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Arizaga kiritilgan ma'lumotlar “Licenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma'lumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.Yig'im to'langanidan so'ng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Licenziya” AT yoki YaIDXP orqali avtomatik tarzda licenziyalovchi organga yuboriladi.Licenziyalovchi organ licenziya berish yoki licenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorni “Licenziya” AT orqali qabul qiladi. Qaror “Licenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Licenziyalovchi organ arizani o'z muddatida ko'rib chiqib talabgorga licenziya berish yoki uni berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida licenziyalovchi organni “Licenziya” AT yoki YaIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda licenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.
Licenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi:
•    licenziya berilishi uchun zarur bo'lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to'liq taqdim etilmaganligi;
•    talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
•    talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolg'on yoki noto'g'ri ma'lumotlarning mavjudligi;
•    o'rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo'yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Boshqa asoslarga ko'ra, shu jumladan, licenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan licenziya berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlashimiz joyiz, licenziyalash va ruxsat etish bo’yicha davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va maxsus elektron axborot tizimlari orqali xizmat ko’rsatish xalqimizga ko’plab imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi. Bu esa o’z navbatida ortiqcha vaqtni sarflamashga, ortiqcha qog’ozbozlikning oldini olib ijobiy va sifatli natijalar beradi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi
Huquqiy targ’ibot va ma’rifat bo’limi  
yetakchi maslahatchisi                                                                                           M.Xojaxmetova