Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan foydalanish va foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik


Shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz kerakki, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo'jaliklari, tadbirkorlik sub'ektlari hamda maishiy iste'molchilar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan foydalanish tartiblari bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.Jumladan:
Ushbu yo'nalishda, 2018-yil 12-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartiblarini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 22-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 1-ilovasiga asosan,”Elektr energiyasidan foydalanish”  Qoidalari  tasdiqlandi.Ushbu hujjat bilan, maishiy iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o'rnatish, ro'yxatdan o'tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta'minoti tashkilotlari mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.Mazkur qaror bilan maishiy iste'molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini hisobga olish uskunalarining davriy davlat qiyoslovidan o'z vaqtida va sifatli o'tkazilishini tashkil qilish bo'yicha javobgarlik tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta'minoti tashkilotlariga yuklatildi.
Ushbu Qoidalarning 14-bandiga muvofiq, Respublikada elektr energiyasi iste'molining prognozi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan iqtisodiy rivojlanish, aholi sonining o'sishi va uy-joy qurilishini hisobga olgan holda har bir iste'molchi bilan tuzilgan elektr ta'minoti shartnomalarida ko'rsatilgan ehtiyoj miqdorlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste'molchi o'rtasidagi elektr ta'minoti shartnomasi elektr ta'minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi.
Ushbu Qoidalarga asosan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste'molchi o'rtasidagi elektr ta'minoti shartnomasi elektr ta'minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuzadi.Mazkur hujjatga muvofiq, iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish, maishiy iste'molchilar bundan mustasno,100 foyiz oldindan haq to'lash asosida amalga oshiriladi. Agarda to'lov amalga oshirilmagan hollarda esa mazkur iste'molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to'liq uzishgacha bo'lgan choralar ko'riladi.Bundan tashqari ushbu Qoidalarning 126 –bandiga ko'ra,  Elektr energiyasi iste'molchilari  huquq va majburiyatlari belgilangan.Shu bilan birga mazkur qarorning 2-ilovasiga asosan, tabiiy gazdan foydalanish Qoidalari ham tasdiqlangan.
Ushbu Qoidalarga asosan, gaz ta'minoti (gaz uzatish) tashkiloti va iste'molchi o'rtasida tabiiy gaz yetkazib berish bo'yicha shartnoma gaz ta'minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuzilishi belgilangan.Qoidalarga asosan, maishiy iste'molchilar bilan tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog'iga belgilangan tartibda amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi.Qoida tariqasida, iste'molchiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz faqat iste'molchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanishiga yo'l qo'yilishi belgilangan.
Shu bilan bir qatorda,aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanish  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6-may 1993-yildagi  “Suv va suvdan foydalanish to'g'risida”gi O'RQ-837-sonli qonuni bilan tartibga solingan.Ushbu qonunga ko'ra, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo'jaliklari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ham  suv iste'molchilari bo'lishi mumkin.
Ushbu qonun talabiga ko'ra,  barcha iste'molchilarga suv yetkazib berish belgilangan tartibda ular bilan  tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan.Shuni aytib o'tish kerakki, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo'jaliklari hamda maishiy iste'molchilar elektr energiyasi,tabiiy gaz va suvdan foydalanish tartiblarini buzgan taqdirida, belgilangan qonunchilikka asosan javobgar bo'ladilar.Jumladan:
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish yohud hisobga olish asboblari ko'rsatgichlarini o'zgartirish O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 101-moddasiga asosan-fuqarolarga BHMning 2 baravaridan 3 baravarpigacha jarima solishga asos bo'lishi belgilangan.Shu bilan bir qatorda, fuqarolar suv iste'moli va suvdan foydalanish qoidalarini buzganliklari uchun O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 74-moddasiga asosan-fuqarolarga BMHning bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa –ikki baravaridan  olti baravavri miqdorigacha  jarima solishga asos bo'lishi belgilangan.
                                                                              
Toʼrtkoʼl tumani
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                              N.Radjapova