Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

BMT inson huquqlarini himoya qiluvchi institutlari


O'zbekiston Respublikasi mustaqil va suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lganiga 30 yil to'ldi.Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning va millatlarning o'zaro xamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945-yil 24-oktyabrda fashizm ustidan g'alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro tashkilot.
BMT Ustavida ko'rsatilgandek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqlili bo'lishi va o'z taqdirini o'zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o'rtasida do'stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni xal etishda xalqlar o'rtasida xamkorlik bo'lishini ta'minlashni ko'zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar xarakatini uyg'unlashtirib turadigan markazi hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishi bilan inson va shaxs huquqlarini himoya qilishni xalqaro huquqiy tartibga solishni zamonaviy bosqichiga asos yaratildi va BMT ustavida ta'kidlanganidek: “Biz, Birlashgan millatlar xalqlari, insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining qadr qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqlariga va katta kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchini qayta qaror toptirishga qat'iy axd qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Ustavini qabul qilishga va Birlashgan Millatlar Tashkilotini ta'sis qilishga rozilik berdik!”
Ayni mahalda, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar “Barcha davlatlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirish uchun ta'minlash uchun zarur bo'lgan tinchlik, adovat va farovonlikning muhim ahamiyati hisoblanadigan inson huquqlari va asosiy erkinliklarining hurmat qilinishi va ularning yalpi ahamiyatini tan olish” majburiyatini o'z zimmalariga oldilar.BMT Ustavi barcha davlatlar rioya yetilishi shart bo'lgan yagona xalqaro hujjatdir.
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilikka erishgandan so'ng o'tmish – 1992-yilning 2-martida BMTga a'zo bo'ldi. Bugungi kunda yer yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud bo'lib, ulardan 193 tasi BMTga a'zo bo'lgan. Dunyodagi eng nufuzli tashkilot bo'lmish BMTning Bosh Assambleyasi binosi oldida O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i shu kuni 2-mart 1992-yildan beri yuqoriga samoga ko'tarilgan. 1993-yilning 24-avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.1946-yil 10-dekabrda BMT Inson huquqlari bo'yicha komissiyasi tashkil topgan edi. 2006-yil 15 -martda esa ushbu komissiyaning vorisi sifatida Inson huquqlari bo'yicha kengash tuzilgan.
Mazkur kengash BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan inson huquqlarini himoya qilish, inson huquqlarining buzilishi bilan bog'liq holatlarni ko'rib chiqish va tavsiyalar berish uchun mas'ul organ sanaladi. Kengash 47 ta davlat a'zo hisoblanadi va Kengash a'zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi.O'zbekiston Respublikasi 2021-yil 1-yanvardan boshlab uch yil muddat mobaynida BMTning Inson huquqlari bo'yicha Kengashiga a'zo 47 davlatdan biri sifatida faoliyat yuritib kelmokda.
O'zbekistonning Jenevadagi vakili BMTning Inson huquqlari bo'yicha raisi o'rinbosari yetib saylangan, Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a'zo davlatlar O'zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasovni 2022-yil uchun BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi (IHK) raisining o'rinbosari lavozimiga bir ovozdan qo'llab-quvvatladi.
BMT har bir insonni huquqlarini qo'llab-quvvatlash, kengaytirish va himoya qilish majburiyatini o'z zimmasiga olgan dunyodagi yagona tashkilot sifatida dunyoning “umumjaxon parlamenti” sifatida kalendarning ma'lum bir kunini insoniyat uchun, xalq uchun, umumjamiyat uchun zarur bo'lgan masalalarga bag'ishlab qo'ygan. “Dinlararo bag'rikenglik xaftasi”, “Saraton bilan kurashish xalqaro kuni”, “Xalqaro ijtimoiy adolat kuni”, “Xalqaro ona tili kuni” fevral oyida. Mart oyida “Kamsitishga nol kuni”, “Xalqaro yovvoyi tabiat”, “Xalqaro irqiy kamsitilishni bartaraf etish kuni”, “Irqchilik va irqiy kamsitilishlarga qarshi kurashayotgan xalqlar bilan birdamlik xaftasi”, “Xalqaro sil kasalligiga qarshi kurashish kuni”, “Xalqaro inson huquqlari poymol bo'lishida haqiqatni o'rnatish kuni”. Aprel oyida “xalqaro sport, tinchlik va taraqqiyot yo'lida kuni”, “Yo'l xarakatlarida sodir etilgan xodisalarda xalok bo'lganlarni xotiralash kuni”, iyun oyida “Xalqaro atrof muxitni muxofaza qilish kuni”, “Xalqaro qochoqlar kuni”, “Giyoxvandlikka qarshi kurashish kuni”, “Xalqaro muruvvat kuni”, sentyabr oyida “Xalqaro tinchlik kuni” bo'lib deyarli 365 kun insonlarning turli muammolarini yengillashtirishda, ba'zi muammolarni yechilishida o'z samarasini bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o'zbek tilida nutq so'zladi va kuyidagidek:«Shu yo'lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o'zaro sa'y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas'uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik. Maqsadimiz — har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta'minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir», — deya ta'kidladi prezident.
«Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko'paydi. Inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o'zgardi. Majburiy va bolalar mehnati to'liq tugatildi. Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiya qabul qilindi. BMTning fuqaroligi bo'lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig'iga javoban shu yilning o'zida 50 ming yurtdoshimizga O'zbekiston fuqaroligi berildi», — deya O'zbekistondagi islohotlarga to'xtaldi davlat rahbari.
Prezident avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga bag'ishlangan Samarqand xalqaro forumi o'tkazilganini eslab, jahon hamjamiyatini Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvenciyasini qabul qilish bo'yicha O'zbekiston tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. «Bundan tashqari, Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta'minlashda parlamentlar rolini oshirish to'g'risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyuciyasini qabul qilishni taklif etamiz», — dedilar.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, shu qatorda, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo'shilgan. Mamlakatda inson huquqlari sohasini yanada rivojlantirish maqsadida prezident farmoni bilan shu yilning 22-iyun kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha Yo'l xaritasi ham tasdiqlangandi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining va Birlashgan Millatlar Tashkilot taraqqiyot Dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (Nyu-York shahri) dagi doimiy vakili faoliyat yuritadilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tarixda birinchi marta BMTda O'zbekistonning Oliy darajadagi birinchi ishtiroki sifatida BMT ishida 1993-yil 28-sentyabr BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so'zga chiqdi. Bizning mustaqil mamlakatimiz jahonning eng oliy anjumanida zo'r qadr-qimmat bilan ishtirok etdi. Respublikamiz Prezidenti BMTning butun jahon xamjamiyati uchun eng muxim muammolarni muxokama etish va xal qilishidagi, tinchlik va xavfsizlikni qo'llab quvvatlashdagi, jamiyki xalqlar taraqqiyotiga ko'maklashishdagi rolini alohida ta’kidladi. O'zbekiston Respublikasi dunyo siyosiy xaritasida olib borayotgan yo'lini dunyo xamjamiyati tan olganligini e'tirofi sifatida dunyodagi eng nufuzli tashkilotning eng nufuzli 50 sessiyasiga butun Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov taklif etildilar. 1995-yil 24-oktyabrda BMTning eng yuqori minbaridan ma'ruza qildilar.
Dunyoning eng yirik anjumanlarida O'zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog'liq muammolarni xal etish; mintaqaviy xavfsizlik jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash; jahon xavfsizlik tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.O'zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a'zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat'iy amal qilib kelmoqda.
Inson huquqlari Umumjaxon deklaraciyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so'ng qo'shilgan birinchi xalqaro huquqiy hujjat bo'ldi va u tufayli O'zbekiston BMTning tegishli konvenciyaviy organlariga o'zining davriy milliy ma'ruzalarini muntazam ravishda taqdim etish orqali inson huquqlari soxasidagi xalqaro majburiyatlarni izchillik bilan va qatiy ravishda bajarib kelmoqda. Ularning tavsiyalarini bajarishda muxtaram Prezidentimizni raxnomoliklarida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolikning o'zini-o'zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va bevosita fuqarolarning o'zlari ham ishtirok etmoqdalar. Inson huquqlari Umumjaxon Deklaraciyasining qoidalari O'zbekiston Respublikasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilishni ta'minlaydigan milliy qonunchilik me'yorlarida o'z ifodasini topgan.
Shuningdek, 1948-yil 10-dekabrda Bosh Assambleyasi Inson huquqlari Umumjaxon Deklaraciyasini e'lon qildi va qabul qildi. “Har bir odam uchun insonning umumiy huquqlari ilk bor o'z ifodasini topgan ushbu hujjat bugungi kunda 360 dan ortiq tilda chop etilgan va jahondagi eng ko'p tarjima qilinadigan hujjat hisoblanadi. Bu uning universal xususiyatga ega ekanligi va keng tarqalishidan dalolatdir. Mazkur hujjat ko'plab yangi, mustaqil davlatlar konstituciyalari va yangi demokratiyalar uchun namuna bo'lib xizmat qilmoqda, ongimizda ezgulik va yovuzlik xaqida fikr yuritish imkonini beradigan mezonga aylandi,” – deb tarifladi BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun.
Ushbu deklaraciya mustaqil O'zbekiston Respublikasi imzolagan eng birinchi xalqaro hujjatdir. 1991-yil 30-sentyabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikki bo'limi mazkur deklaraciya talablariga to'la mos bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega bo'lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqesidan qatiy nazar, qonun oldida tengligi ta'minlangan. Respublikamizda inson huquqlariga oid yuzdan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro me'yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh kotibiga yuborgan maktublarda quyidagi satrlar bor: “O'zbekistondagilar xozirgi dunyoda har qanday mojarolarni faqat tinch muzokaralar yo'li bilan siyosiy vositalar yordamida tinch xal qilish mumkinligiga, bu muzokaralarda BMT bosh rol o'ynashi kerakligiga ham qattiq ishonadilar.”    


To`rtko`l tumani YXKM
bosh yuristkonsulti                                              D.Allabergenov