Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Oʻzbekiston Respublikasi “Litsyenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” gi qonuning mazmuni va mohiyatidan xabardormisiz?


Oʻzbekiston Respublikasi “Litsyenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” gi qonuning mazmuni va mohiyatidan xabardormisiz?

2021-yil 14-iyulda “Litsyenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Qonun bilan 49 ta litsenziyalar, 121 ta ruxsat berish hujjatlari hamda 33 ta xabarnomalarning yakuniy roʻyxatlari tasdiqlandi. Mazkur Qonunda nazarda tutilmagan yangi tartib-taomillar turlarini joriy etish taqiqlanmoqda. Faoliyatni amalga oshirish hayot va sogʻliqqa, atrof-muhitga zarar, huquqlar va qonuniy manfaatlarga, jamoat xavfsizligiga ziyon yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi. Litsyenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish va ular bilan bogʻliq boshqa tartiblar barcha uchun ochiq boʻlgan “Litsyenziya” axborot tizimi (maxsus elektron tizim) orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar filiallari va vakolatxonalari uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi. Bunda avval olingan litsenziyalarda va ruxsatnomalarda filiallar va vakolatxonalarning manzillari koʻrsatiladi. Filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslar vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali xabardor qiladi. Litsyenziyalar, ruxsat berish hujjati va xabarnomalar reyestrlari faoliyat turi boʻyicha alohida-alohida maxsus elektron tizimda ochiq elektron shaklda yuritiladi. Reyestrda litsenziyalarni chaqirib olish asoslari va sanalari, faoliyatni xabardor qilish tartibi asosida amalga oshirishga doir taqiqning qolgan muddati va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi. Mazkur qonun bilan tasdiqlangan 49 ta faoliyat turlari faoliyatning litsenziyalanadigan turlari hisoblanadi. Litsyenziya faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi uchun alohida beriladi. Litsyenziya berilgan faoliyat turi faqat litsenziya olgan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsyenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Litsyenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, quyidagilar mustasno: tibbiy faoliyat; farmatsevtika faoliyati; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabisni sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish, olish va tashish; koʻchma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatishdan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish; neftni, gazni va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish; affinaj faoliyati. Litsyenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni oʻzgartirganlik uchun davlat boji undiriladi. Faoliyatning quyidagi turlari boʻyicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi: konsert-tomosha faoliyati; iste’mol va texnik etil spirti, alkogol ishlab chiqarish; alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi; telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlarni koʻrsatish. Mazkur Qonun bilan tasdiqlangan 121 ta faoliyat turlari ruxsat berish hujjatlarini olish talab etiladigan faoliyat turlaridir. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati, qoida tariqasida, cheklanmaydi. Ruxsat berish tartibiga oid nizomlarda va ularning pasportlarida, bir martalik harakatni bajarish uchun beriladigan ruxsatnomalarda hujjatning amal qilish muddati cheklanishi mumkin. Litsyenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida koʻrsatiladi. Bunda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarni joriy etish taqiqlanadi. Litsyenziya yoki ruxsatnomalarni berishga oid arizalar, ularga ilova qilingan hujjatlar maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali qabul qilinadi. Ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi. Arizani qabul qilishni vakolatli organlar tomonidan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsyenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar yagona QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Arizani rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi: litsenziyani yoki ruxsatnomani berish uchun zarur hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi; talabgorning litsenziya va ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi; taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi; oʻtkazilishi majburiy boʻlgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi. Litsyenziyani yoki ruxsatnomani berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud boshqa asoslarga koʻra, quyidagi hollarda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi: xodimlar kasbiy malakasi belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda; taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda; litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda. Arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda talabgorga 1 ish kunida yuboriladi. Xabarnomada hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari, koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin 30 ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak. 4 Litsyenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin: litsyenziat yoki ruxsatnoma olgan shaxs litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlarini buzganida; litsyenziat yoki ruxsatnoma olgan shaxs vakolatli organning qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha qarorini bajarmaganda. Litsyenziyaning yoki ruxsatnomani toʻxtatib turish vakolatli organ tomonidan 10 kungacha muddatga, 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga esa –sud tomonidan amalga oshiriladi. Qonun bilan tasdiqlangan 33 ta faoliyat turlarini amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etiladi. Xabardor qiluvchi vakolatli organga elektron raqamli imzodan foydalangan holda maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali xabarnoma yuboradi. Litsyenziyalash, ruxsat berish va xabardor etishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish: Maxsus elektron tizim yordamida masofaviy nazorat, faoliyatni joyiga chiqqan holda tekshirish, faoliyatga oid statistik axborot va ulardan soʻrab olingan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali; “xavfni tahlil etish” tizimi va jamoatchilik murojaatlari asosida amalga oshiriladi. Litsyenziyasiz, ruxsat berish hujjatisiz va vakolatli organni xabardor etmasdan faoliyatni amalga oshirganda ularga nisbatan jarima solinadi:
-jarima 1 oyda ixtiyoriy toʻlanganda uning 70% undiriladi;
-murojaatchilarga qonun buzilishi toʻgʻrisida murojaatlar asosida undirilgan jarimaning 10% miqdorda pul mukofoti beriladi.

Ellikqal’a tumani adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi Sh.Ismailov