Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Odam savdosi xalqaro amaliyot va milliy qonunchilik


Odam savdosi xalqaro amaliyot va milliy qonunchilik

Hozirgi kunda odam savdosi butun insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biri bo'lib qolmoqda. Butun dunyo buylab keng tarkalgan jinoyatlardan biriga aylanib bormokda. Shu sababli bu jinoyat milliy konunchilik doirasidan allakachon chetga chikib xalkaro xukukning dolzarb masalalari ichidan o'rin olmokda.
Bu borada xalqaro hamkorlikning ifodasi sifatida bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilindi, mamlakatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to'g'risida"gi Konventsiyaga qo'shildi. Shuningdek, mamlakatimiz parlamenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risida"gi Konventsiyaga hamda odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo'yish va buning uchun jazolash to'g'risidagi qo'shimcha hujjatlar imzolandi. 2008 yilning 17 aprelida "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning hamda 2008 yilning 8 iyulida "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori bilan yuqoridagi qonun normalari amalga yanada samarali tadbiq etilmoqda.
O'zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida, "Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir", - deb e'tirof etilgan. Bugungi kunda odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar jahon hamjamiyatida jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. Eng achinarlisi, bu jinoyatni sodir etuvchilarning ham, bundan jabr ko'ruvchilarning ham muddaolari mushtarak. Ya'ni, yengil yo'l bilan daromad topish istagida jinoyat sodir etish ikki toifadagi odamlarni ham halokat domiga tortmoqda.
Hozirda mamlakatimizda huquqni qo'llash borasidagi sa'y-harakatlar kuchaytirildi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasida jinsiy va mehnat maqsadlarda odam savdosi bilan shug'ullanish jinoyat deb belgilandi hamda balog'at yoshidagi jabrdiydani bunaqa ishlarga jalb qilganlik jinoyati uchun 3 yildan 5 yilgacha, jabrdiyda bolalarni jalb qilganlik uchun 8 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi beriladigan bo'ldi va bu juda qattiq jazo hisoblanadi. Biroq jinsiy ekspluatatsiya maqsadidagi odam savdosi haqida shuni qayd etish lozimki, ushbu jazo turlarini qamash o'rniga uy qamog'iga ruxsat berish nomusga tegish singari og'ir jinoyatlar uchun belgilangan jinoyatlar bilan solishtirib bo'lmaydi. 135-moddada odam savdosining xalqaro qonunchilikdagi ta'rifiga qarma-qarshi o'laroq, kuch ishlatish, qalloblik yoki majburlash jinoyatning mavjud unsurlari emas, og'irlashtiruvchi omillari  sifatida ko'rsatilgan. Jinoyat kodeksining 148 (2)-moddasi “ma'muriy tartibdagi majburiy mehnat”ga tegishlidir. Balog'at yoshidagi kishilar jabr ko'radigan bunday qonunbuzarliklar ilk marta qilinadigan jinoyatlar uchun ma'muriy huquqbuzarlik deb hisoblandi; takroriy qonunbuzarliklar qilganlar jarima to'laydi yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. 2021 yil fevralida 148 (2)-moddaga bolalar jalb etilgan barcha “ma'muriy tartibdagi majburiy mehnat”ga oid qonunbuzarliklar jinoyat deb hisoblanib, ular uchun jarima to'lash yoki 3 yilgacha qamoq jazosi belgilash to'g'risidagi tuzatishlar kiritildi.
Hozirda odam savdosiga oid noqonuniy harakatlarga qarshi tadbirlar, davlat va jamoat organlari tomonidan bajariladigan eng muhim vazifalardan biridir. Odam savdosi qurbonlariga aylangan shaxslarni huquqiy himoyalash, ularni ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy-ruhiy jihatdan reabilitatsiya qilish davlatimiz va jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.


Qo'ng'irot tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi M.A.Smetullaev