Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168-son qarori ijrosi yuzasidan MA’LUMOT


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  PQ-5168-son qarori ijrosi yuzasidan
MA’LUMOT

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi  PQ-5168-son qarori ijrosi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi barcha tuman (shahar)larida yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati tashkil etildi.
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlariga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali jami 39942 ta xujjat kelib tushgan, shundan 26595 ta buyruqlar va 12961 ta shartnomalarni tashkil qiladi. Ushbu xujjatlarga asosan 37324 ta ijobiy xulosa va 1421 ta salbiy xulosalar berilgan hamda 811 tasi rad qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PQ-5168-sonli Qarorining 6-bandinda Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo'l qo'yilmasligi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi ko'rsatilgan.
Vazirlik tomonidan o'tkazilgan monitoringlar natijasiga ko'ra Amudaryo, Kegeyli, Mo'ynoq, Xo'jayli, Taxiatosh tumanlari tibbiyot birlashmalari tomonidan tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazlari bilan kelishilmasdan “E-huqushunos” sistemasini chetlatib o'tib jami 390 ta buyruqlar qabul qilganligi va 61 ta shartnomalar rasmiylashtirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan, vazirlik tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligiga takdimnoma kiritilib, qonunbuzilish holatiga yo'l qo'ygan shaxslarga “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.
Xuddi shunday 30 ta xolat bo'yicha Nukus shahar xalq ta'limiga takdimnoma kiritilib, qonunbuzilish holatiga yo'l qo'ygan shaxslarga “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.
Bundan tashqari, Bo'zatov tumani irrigatsiya bo'limi tomonidan tizimni chetlab o'tib, shartnomalarni rasmiylashtirilgan holatlar, shuningdek mazkur shartnomalarga ilgari ishlagan yuristning imzosini qo'yib shartnomalarni qalbaqilashtirilgan holatlari yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga huquqiy baho berish uchun yuborildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i                                   P.Kojametov