Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O'zbekiston Respublikasida Yuridik kadrlarni zamonaviy standartlar bo'yicha tayyorlash davr talabi


O'zbekiston Respublikasida Yuridik kadrlarni zamonaviy standartlar bo'yicha tayyorlash davr talabi

So'nggi yillarda mamlakatda o'quv-pedagogik jarayonga innovatsion ilg'or va xalqaro ta'lim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-o'qituvchilar mehnatini rag'batlantirish, shuningdek ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni nazarda tutadigan yuridik ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yuridik ta'lim va fan tizimini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro ta'lim maydonidagi raqobatbardoshligini ta'minlash, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz, shuningdek, keng yuridik jamoatchilikning:
Toshkent davlat yuridik universitetini (keyingi o'rinlarda — TDYuU) «yurisprudentsiya» mutaxassisligi bo'yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo'yicha bazaviy oliy ta'lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilandi;
davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta'limot sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini tashkil etishbelgilandi.
Quyidagilar yuridik ta'lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi:
zamonaviy talablar, ilg'or xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta'minlash;
o'qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirish, o'quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash hamda o'quv bazasini modernizatsiyalash;
klinik yuridik ta'limni rivojlantirish yo'li bilan o'quv jarayoni va huquqni qo'llash amaliyoti o'rtasida uzviy aloqani ta'minlash;
rivojlangan xorijiy davlatlarning etakchi ta'lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo'shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zaro almashinuvini faollashtirish;
axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni (Legal Tech) ishlab chiqqan holda davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni o'tkazish;
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yuridik kadrlarni tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o'quv-ta'lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
«Elektron universitet» (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub’ektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo'lgan ta'lim muhitini yaratish;
TDYuU va yuridik fakultetlarni xalqaro tan olingan ta'lim muassasalari reytingiga kiritish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali milliy yuridik ta'lim raqobatbardoshligini oshirish.
Yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning qo'yidagi tartibi joriy etilgan, unga muvofiq:
TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarga qabul parametrlari yuridik kadrlarga bo'lgan ehtiyojni monitoring qilish va prognozlashtirish elektron platformasini yaratgan holda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlarida joriy va istiqboldagi yuridik kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, har bir hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar kesimida tahlil qilish asosida shakllantiriladi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Savdo-sanoat palatasi va O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi har yili belgilangan muddatlarda ish beruvchilarning yuridik kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari haqidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qiladi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari, yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtmani shakllantirishda ishtirok etishga, xususan TDYuU, yuridik fakultetlar va yuridik texnikumlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun to'lovni, ular tomonidan o'qishni tugatganidan so'ng, shartnomada belgilanadigan muddat davomida tashkilot-buyurtmachida uzluksiz ishlash majburiyatini qabul qilgan holda, amalga oshirishiga haqli;
potentsial ish beruvchilar bilan birgalikda shartnoma asosida mutaxassislar tayyorlashni (ta'lim klasterlari) tashkil etgan holda yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma joylashtirish uchun yuridik kadrlar tayyorlaydigan ta'lim muassasalarini saralash tanlovi joriy etiladi.


Nasiba Qutlimuratova,
Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi bosh maslahatchisi