Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

OROL BO'YI MINTAQASIDA TADBIRKORLIKNI JADAL RIVOJLANTIRISHGA OID QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDAGI FARMONNING MAZMUN-MOHIYATI


Barchamizga maʼlumki, soʼngi yillar mobaynida, mamlakatimiz tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish orqali hududga investiciyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o'rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab olish boʼyicha ihcham va samarali mexanizm yaratilmoqda.
Shu jumladan, 2021-yil 20-avgust kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 1-ilovasi bilan, Investiciyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining 2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvargacha Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subektlari uchun:
foyda solig'i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha o'rnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib belgilash;
mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini mazkur soliqlar bo'yicha hisoblangan summadan 1 foiz miqdorida belgilash;
Ushbu qarorga muvofiq, Moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilandi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi «Investiciya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-5233-son qaroriga muvofiq zarur tashqi muhandislik-kommunikaciya tarmoqlari bilan Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan ta'minlanadigan investiciya loyihalari qiymati kamida 50 milliard so'm miqdorida belgilandi.
Bunda, ushbu tartib bo'yicha 50 milliard so'mdan 200 milliard so'mgacha bo'lgan investiciya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikaciya tarmoqlarini ta'minlash bilan bog'liq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozimligi belgilangan.
Ushbu qaror  
a) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
«mahallabay» ishlash tizimini joriy etish maqsadida 200 milliard so'm;
aholini tadbirkorlikka o'qitish va jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash uchun 50 milliard so'm miqdorida kredit resurslari ajratilishini ko'zda tutgan;
b) O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan infratuzilmani rivojlantirish uchun 150 milliard so'm mablag' ajratilishini ta'minlash ko`rsatilgan.
Yuqorida qayd etib oʼtilgandek, Eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha Orolbo'yi mintaqasida faoliyat yuritayotgan:
kichik tadbirkorlik subektlariga korxona qurilishi uchun zarur bo'lgan asbob-uskuna va texnikalarni respublikaning boshqa hududlaridan olib kelish hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori qo'shilgan qiymatga ega maxsulotlarni respublikaning boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bog'liq temir yo'l transportida tashish xarajatlarining 50 foiz qismini qoplab berish;
mahalliy eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishda, ularning Kaspiy dengizigacha tashish bilan bog'liq transport harajatlarini to'liq qoplab berish tartibi joriy etilgan.
Unga koʼra, Investiciyalar va tashqi savdo vazirligi,Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasida 45 ta yangi kichik sanoat zonalarini belgilangan tartibda tashkil etish choralarini ko'rishi, Oliy Majlis Senatiga Investiciyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mazkur Farmon ijrosi yuzasidan axborotlarini eshitishni tashkil etish (shu jumladan joyiga chiqqan holda) hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini ta'minlash bo'yicha zarur choralar ko'rib borish tavsiya etilgan.
Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilishi ko`rsatilgan.
Xulosa oʼrinda aytadigan boʼlsak, ushbu qaror tom maʼnoda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirish orqali hududga investiciyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o'rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab olish boʼyicha ochiq va shaffof tizimi yaratilishiga mustahkam huquqiy asos boʼladi.

Allabergenov Davranbek Allabergenovich,

Toʼrtkoʼl tuman yuridik xizmat koʼrsatish
markazi bosh yuristkonsulti.