Янгиликлар
15
ELLIKKALA TUMAN YURIDIK XIZMAT KOʻRSATISH MARKAZI TOMONIDAN 2022-YIL YANVAR-FEVRAL OYLARIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR BOʻYICHA
Joriy yilning 2 oy davomida, Ellikkal’a tuman yuridik xizmat koʻrsatish Markazi tomonidan Prezidentning 2021-yil 29-iyun kungi PQ-5168-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida, tumandagi yuridik xizmat koʻrsatilayotgan 12 ta davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa ularning oʻrta va quyi boʻgʻinlarini huquqiy jihatdan ta’minlash va ularga sifatli va professional yuridik yordam koʻrsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirirish, mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qabul qilinayotgan yuridik tusga ega hujjat loyihalarining har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini ta’minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, joriy yilning ikki oylik hisobot davrida tumandagi yuridik xizmat koʻrsatilayotgan 12 ta davlat orgalari va tashkilotlaridan yuridik xizmat koʻrsatish Markaziga “E-huquqshunos” elektron tizim orqali 1162 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari kelib tushgan. Ushbu hujjatlarning, 713tasi ichki idoraviy me’yoriy buyruqlar hamda 449tasi xoʻjalik sub’yektlari hamda fuqarolik tusga ega shartnomalar tashkil qiladi.
Oʻz navbatida, Markaz tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizim orqali Markazga kelib tushgan 1162ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari belgilangan muddatlarda ekspertizadan oʻtkazilishi ta’minlandi.Oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, “E-huquqshunos” elektron tizim orqali markazga kelib tushgan 1162ta yuridik tusga ega hujjat loyihalarining 1099tasi qonunchilik talabiga muvofiq boʻlgani sababli ijobiy xulosa va 9 tasi esa, qonunchilikka nomuvofiq boʻlgani sababli ijrochilarga puxta ilash uchun salbiy va rad xulosalar bilan qaytarildi.Shu bilan birga, idoraviy hujjatlarni tayyorlash texnikasiga zid boʻlgani uchun 54ta hujjat loyihasi rad etildi.
Bundan tashqari, joriy yilning ikki oyligi davrida markaz oʻziga yuklangan vazifalar doirasida markaz xodimlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatilayotgan davlat organlari hamda tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, 38ta manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Shu jumladan, oʻtkazilgan 38 ta huquqiy targʻibot tadbirlarining 26tasini ogʻzaki va 10 tasini ommaviy axborot vositalarida (4 ta televideniyada, gazetada 2 ta, radioda 2 ta, 2 ta “qoraqalpoq.adliya.uz”) tizim orqali amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qiladi.
Shu bilan birga, hisobot davrida yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar tomonidan shartnomaviy munosabatlardan nizolar yuzasidan, BTPJ huquqiy manfaatlarini himoya qilib regress tartibida sudlarda ishtirok yetib 13.306.428 sum mablagʻ pensiya jamg’armasi foidasiga undirildi, 7 talabnomaga asosan 5 ta da’vo arizalari sudlarga kiritilib tashkilotlardan jami 36 555 087 sum regress tartibida undirish jarayonida.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2022-yil 14-yanvar kungi №12/6-1/3326-sonli xatiga asosan umumta’lim maktablari kadrlar xizmati xodimlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlarini belgilanishi yuzasidan monitoring oʻrganish jarayonida Ellikqal’a tumani Xalq ta’limi boʻlimiga qarashli 71 ta umumiyta’lim maktablarida 2020-yil 1-yanvardan 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan davirda tuzilgan shtat jadvallarida kadrlar boʻyicha inspektorlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlarini belgilanishida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarorining 4-ilovasida oliy ma’lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlar 7 razryad, oliy ma’lumotli boʻlmagan mutaxassislar va inspektorlar 6-razryaddan deb belgilangan boʻlishiga qaramasdan 2020-2022-yil 1-yanvariga qadar barcha xolatda umumta’lim maktablaridagi ishlavchi kadrlar boʻyicha inspektorlarga 5-razryaddan belgilanib shtat birligi tuzilish natijasida jami 170 383,8 (bir yuz yetmish million uch yuz saksan uch ming sakkiz) sum ish haqi kam hisoblanib shundan 2020-yilda 78 223,3 ming sum, 2021-yilda 92 160,5 ming sum ish haqi kam toʻlanganligi aniqlandi. 2022-yil 1-yanvar holatiga tuzilgan umumta’lim maktablarining shtat jadvallarida ish haqi 13 129,0 ming sumga kam rejalashtirilganligi aniqlandi.
Markaz tomonidan kelgusida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda jumladan:
-Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilayotgan yuridik tusga ega ichki idoraviy me’yoriy hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiq puxta va sifatli boʻlishi uchun koʻmaklashish,
-Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar va ularning tarkibiy boʻlim hamda tuzilmalarida mehnat munosabatlarida qonunchilikka qatiy rioya etilishi hamda ular faoliyatida ichki idoraviy hujjat loyihalarini tayyorlash jarayonida korrupciyaviy holatlar va xavf-hatarlarga yoʻl-qoʻymaslik boʻyicha koʻmaklashish,
-Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar va ularning tarkibiy boʻlim hamda tuzilmalari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish borasida manzilli huquqiy targʻibot materiallarini tayyorlash tezkor va ta’sirchan usullaridan foydalanishga koʻmaklashish,
-Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizim orqali ishlab chiqayotgan yuridik tusga ega hujjatlarni yigʻish, tizimga kiritish, tahliliy materiallarni qayta ishlash va hujjat aylanishi masalalariga uslubiy koʻmaklashish.
Ellikqal’a tumani yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi A.Kadirov