Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Mehnat nizomchiligida ishga tiklash asoslari va tartibi


Xodimlarning mehnat huquqlari poymol e‘tilishining qo‘pol shakillaridan biri bo‘lib xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinishi sanaladi.  
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 11-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanish lozim.
Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy bekor qilish tushunchasi ta’rifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sud tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 49-bandida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra qonunni ochiqdan-ochiq buzgan holda, ya’ni Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan asos bilan yoki belgilangan tartibga xilof ravishda ishdan bo‘shatish g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish bo‘lib sanaladi.
G‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodim o‘zining avvalgi vazifasi (lavozimi) va ish beruvchining bevosita o‘zi tomonidan chiqarilgan buyruqni bekor qilish haqida boshqa buyruq chiqarish  yo‘li bilan, yuqori turuvchi organning bo‘ysunish tartibida bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish hamda quyi organ chiqargan buyruqning bekor qilinishi orqali, yoki sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshirilishi mumkin. Xodimni ishga tiklash haqidagi da‘volar tumanlararo fuqarolik ishlari sudlari yoki boshqa fuqarolik ishlari sudlari tomonidan processual qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib hal etiladi.
Xodimni o‘z ishiga (lavozimiga) tiklash haqidagi da‘vo muddati davomida sudga taqdim qilinishi mumkin bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 270-moddasiga ko‘ra, da‘vo muddati xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy deb belgilangan.
G‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatilgan yoki boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni o‘z ishiga tiklash haqidagi nizo sudta ko‘rilayotgani chog‘ida ish beruvchi o‘zining  ishdan bo‘shatish haqida chiqarilgan buyrug‘ining qonuniy va asosli ekanligini isbotlab berish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ishdan bo‘shatilgan xodim ham bunday buyruqning g‘ayriqonuniyligini isbotlab berish kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 273-moddasiga ko‘ra, xodimni o‘z lavozimiga tiklash haqidagi sud hal qiluv qarorini yoki nizoni ko‘rgan boshqa organ qarorini o‘z vaqtida ijro etmaslik, uni ijro etishdan bo‘yin tovlash oqibatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan.

Nukus shahri Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                                            Sh.Auesbaeva