Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

TEKSHIRUVDAGI XATOLIK YOKI ADLIYA ARALASHUVI BILAN SOLIQ INSPEKSIYASINING QARORI BEKOR QILINDI


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, Qorao'zak tumanidagi “ChIMBOY ASALI” MChJ raisi D.Madrimovning Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 94.084.200 so'm er solig'i hisoblanib, jamiyatning hisob raqamiga to'lov topshiriqnomasi qo'yilganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.
O'rganish davomida aniqlanishicha, Qorao'zak tumani davlat soliq inspektsiyasi tomonidan mazkur jamiyatning 2021-yil olti oyi mobaynidagi faoliyati yuzasidan tekshiruv o'tkazish belgilanib, tekshiruv muddati 2021-yil 20-avgustdan 20-sentyabrgacha etib belgilangan. Natijasi bo'yicha esa  1 gektar er uchun 11 mln. 200 ming so'mdan hisoblanib, jami 94 mln 84 ming so'm miqdorida er solig'i hisoblangan.
Bu bo'yicha Qorao'zak tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan jamiyat rahbari D.Madrimovga Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqidagi talabnoma 2021-yil 23-sentyabr kuni kiritilgan.
Vaholanki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to'lovchilarni aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi qaroriga ko'ra, tekshiruv natijalari bo'yicha soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlangan holatlar yuzasidan soliq organi tomonidan ikki kun muddatda soliq to'lovchiga ularni bartaraf etish to'g'risida talabnoma yuboriladi. Talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Tafovutlar yoki xatolar aniqlanmagan bo'lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan deb hisoblanib, bu haqida soliq organi tomonidan soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnoma yuborilishi belgilangan.
Ammo, kameral tekshiruv natijasi bo'yicha soliq inspeksiyasi bosh inspektori G.J. tomonidan aniqlangan soliqga oid huquqbuzarliklarni qayd etish to'g'risida 2021-yil 20-sentyabr kuni dalolatnoma tuzilib, 2021-yil 08-oktyabr kuni 94 mln. 84 ming so'm er solig'i hisoblash to'g'risida qaror qabul qilingan. Ya’ni, yuqorida keltirilgan qarordagi talabnoma yuborish muddatlari buzilgan.
Shu boisdan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taqdimnoma kiritilib, Qorao'zak tumani davlat soliq inspeksiyasining qarori bekor qilindi.
Shuningdek, Qorao'zak tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori G.J.ning ma'muriy javobgarlikka tortish masalasini ko'rib chiqish bo'yicha ma'muriy taklif kiritildi.

Timur Asanov,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini
o'rganish bo'limi etakchi maslahatchisi