Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qaror ijrosi yuzasidan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabr kungi "2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4889-son Qarori qabul qilindi.Mazkur qaror bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Muhandislik-kommunikaciya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida, Xo‘jayli tumani va boshqa tuman markazlarida xonadonlarini oqova suv tarmoqlariga ulash va ularning oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash darajasini 14,1 foizdan 20,2 foizga etkazish, bundan tashqari, «Qumjiqqin» OFY hududidagi «Shortanbay» aholi yashash punktida suvni chuchuklantiruvchi stanciya va «Mashinajap» aholi yashash punktiga ichimlik suvi tarmoqlarini qurish kabi vazifalar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, «Sarishungul» MFY hududidagi bo‘sh turgan Muruvvat uyini rekonstrukciya qilish va kam ta’minlangan oilalar uchun oilaviy yotoqxona tashkil qilish, 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha, "Qumjiqqin" va "Sarishungul" OFYlardagi jami 2,9 km ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash va 21 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan belgilangan.
Bugungi kunda «Sarishungul» MFY hududidagi bo‘sh turgan Muruvvat uyini rekonstrukciya qilish va kam ta’minlangan oilalar uchun oilaviy yotoqxona tashkil qilindi."Qumjiqqin" va "Sarishungul" OFYlardagi jami 2,9 km ichki yo‘llarni to‘liq ta’mirlandi hamda 23-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan.

A.Gulimbetov,
Xo‘jayli tuman adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi